Farğonadagi 3 ta boğçada 51 nafar bola ovqatdan zaharlandi

Farğona şahridagi üçta maktabgaça ta’lim taşkilotining 51 nafar tarbiyalanuvçisi turli alomatlar bilan şifokorlarga murojaat qildi. Hozir ularning 28 nafari şifoxonada davolanmoqda. Bu haqda Özbekiston Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi ma’lum qildi.
Bolalarda bir xil alomatlar kuzatilgan
Qömita ma’lumotiga köra, Farğona şahridagi 2, 7 va 47-sonli MTT tarbiyalanuvçilarida tana haroratining kötarilişi, qorin sohasida oğriq, holsizlik, köngil aynişi va iç ketişi kuzatilgan. Bolalar Farğona viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasiga murojaat qilgan.
Oziq-ovqatlardan namunalar olindi
Dastlabki epidemiologik suriştiruv doirasida boğçalarda bolalar iste’mol qilgan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlar örganilmoqda. Mutaxassislar nonuşta, tuşlik va keçki tamaddida berilgan mahsulotlarni, şuningdek, ularni yetkazib bergan taşkilotlarni aniqlagan. Oziq-ovqat va tayyor taomlardan bakteriologik tekşiruv uçun namunalar olingan. Epidemiologik suriştiruv hamda laboratoriya tekşiruvlari davom etmoqda.
28 bola şifoxonada qolmoqda
2026-yil 26-oktabr soat 11:00 holatiga köra, 28 nafar bola yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanmoqda. Ularning umumiy ahvoli barqaror, oğir ahvoldagi bemorlar yöq. Yana 23 nafar bolaning ahvoli qoniqarli deb topilib, ularga tibbiy tavsiyalar berilgan va uyda davolanişiga ruxsat etilgan. Hozircha bolalarning kasallanişiga aynan nima sabab bölgani rasman e’lon qilinmagan.
Avvalroq Xorazmda bir oilaning tört a’zosi ovqatdan zaharlanib vafot etgani haqida yozilgan edi.