Özbekistonda gaz bilan boğliq 1 200 ta qoidabuzarlik aniqlandi

2025-yil va 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida suyultirilgan gaz ta’minoti böyiça 1 217 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Noqonuniy savdoga ixtisoslaştirilgan 471 ta «bunker» faoliyatiga çek qöyilgan. Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ xabar berdi.
8,7 mlrd sömlik gaz ballonlarining noqonuniy savdosi oldi olindi
Keltirilgan ma’lumotlarga köra, hisobot davrida 3 mingdan ortiq tösatdan tekşiruv va reyd ötkazilgan. Natijada qiymati qariyb 2 mlrd söm bölgan 193,6 tonna suyultirilgan gaz hamda umumiy qiymati 8,7 mlrd sömlik 17 301 dona maişiy gaz ballonining noqonuniy sotilişiga yöl qöyilmagan.
2026-yilning dastlabki töqqiz oyida ötkazilgan xizmat tekşiruvlarida esa 1,4 ming tonna suyultirilgan gaz va 10 626 dona maişiy gaz balloni talon-toroj qilingani aniqlangan. Huquqiy baho beriş uçun 25 ta material huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan. Ular asosida 19 ta jinoyat işi qözğatilgan.
«Hududgazta’minot» ma’lumotiga köra, suyultirilgan gaz ta’minotida qonuniylik va şaffoflikni ta’minlaş maqsadida tekşiruvlar davom ettirilmoqda. Aniqlangan qoidabuzarliklarning sabablarini örganiş va ularning takrorlanişiga yöl qöymaslik çoralari körilmoqda.
Avvalroq 19 – 21-oktabr kunlari Özbekiston böylab suyultirilgan gaz bilan boğliq 120 dan ortiq qonunbuzarlik holatlari aniqlangandi.