Ronaldu jamoasi iştirokidagi OÇL uçraşuvi qoldirildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
OFK yangi öyin sanasi va boşlaniş vaqti keyinroq e’lon qilinişini bildirdi
Foto: bosnainfo.ba

Portugaliyalik hujumçi Kriştianu Ronaldu töp suradigan Saudiya Arabistonining «Al-Nassr» klubi Osiyo çempionlar ligasi Elita bosqiçidagi BAAning «Al-Vasl» jamoasiga qarşi uçraşuvini belgilangan vaqtda ötkazmaydi. 26-oktabr, duşanba kuni Riyodda bölib ötişi kerak bölgan bahs Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) qarori bilan boşqa muddatga köçirildi. Bu haqda OFK rasmiy sayti xabar berdi.

Uçraşuv nega qoldirildi

OFK yangi öyin sanasi va boşlaniş vaqti keyinroq e’lon qilinişini bildirdi. Taşkilot uçraşuv nima sababdan qoldirilganiga rasman izoh bermadi. Biroq Reuters xabariga köra, Saudiya OAV «Al-Vasl» delegatsiyasi öyin qoldirilişidan oldin Riyodga yetib kelmaganini yozgan.

The National naşri esa mintaqadagi vaziyat va safar bilan boğliq muammolar qarorga ta’sir qilgan bölişi mumkinligini qayd etgan. Bu sabablar OFK tomonidan rasman tasdiqlanmagan.

Saudiya futbol federatsiyasi nima dedi

Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi 26-oktabr kuni öyin uçun barça taşkiliy va logistika işlari bajarilganini ma’lum qildi. Federatsiya «Al-Nassr» va tegişli idoralar bilan birgalikda «Al-Vasl» delegatsiyasini qabul qiliş, jumladan, parvoz ruxsatnomalarini rasmiylaştiriş böyiça tayyorgarlik körilganini bildirdi.

Federatsiya OFKni tayyorgarlik işlari yakunlangani haqida rasman xabardor qilganini ham qayd etdi. Uçraşuvning yangi sanasi hozirça e’lon qilinmagan.

Avvalroq Osiyo Elit Çempionlar ligasining 4-turidan örin olgan Toşkentning «Paxtakor» hamda Saudiya Arabistonining «Al Nassr» klublari örtasidagi uçraşuv uçun çiptalar 100 ming sömdan 3 mln sömgaça bölgan narxlarda sotuvda borligi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek