Mariya Maçado qariyb bir yillik surgundan Venesuelaga qaytdi

Venesuela muxolifati yetakçisi va 2025-yilgi Nobel tinçlik mukofoti sovrindori Mariya Maçado qariyb ön oylik surgundan söng mamlakatga qaytdi. Uni Karakasga olib boruvçi yöl böylab minglab tarafdorlari kutib oldi.
Maçado 25-oktabr kuni Venesuelaga kirib kelganini ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi. Keyinroq u Barquisimetodagi çerkovda köriniş berdi va u yerdan avtomobillar hamda mototsikllar karvoni bilan poytaxt tomon yöl oldi.
Minglab odamlar uni yöllarda kutib oldi
Reuters ma’lumotiga köra, ön minglab odamlar avtomagistrallar, nazorat punktlari va şahar köçalari böylab Maçado karvonini kutib olgan. Tarafdorlar Venesuela bayroqlarini kötarib, «ozodlik» deya şiorlar aytgan.
Maçado Karakasga kirib kelayotganda avtomobil tomidan tarafdorlariga qöl silkitgan.
Uning qaytişi muxolifatning 22-oktabr kuni ötkazgan umummilliy namoyişlaridan bir neça kun ötib sodir böldi. Öşa aksiyalarda namoyişçilar saylov sanasini belgilaş va siyosiy mahbuslarni ozod qilişni talab qilgan edi.
Maçado nega Venesuelani tark etgan edi
Maçado 2024-yilgi prezidentlik saylovida qatnaşiş huquqidan mahrum qilingan. Muxolifat keyinçalik uning örniga Edmundo Gonsalesni nomzod sifatida ilgari surgan.
U 2024-yilgi bahsli saylov va undan keyingi repressiyalar fonida deyarli bir yil yaşirinib yurgan. 2025-yil dekabrida esa Nobel tinçlik mukofotini oliş uçun Venesuelani maxfiy ravişda tark etgan. Şundan keyin Panamada surgunda yaşagan.
Maçado sentabr oyida Venesuelaga qaytişga bir neça bor uringan, biroq uning qaytişi amalga oşmagan edi.
Maduro hibsga olingaç siyosiy vaziyat özgardi
Maçadoning qaytişi Venesueladagi siyosiy tizim keskin özgargan davrga töğri keldi.
2026-yil yanvarida AQŞ kuçlari sobiq prezident Nikolas Maduroni qölga olganidan söng Delsi Rodriges muvaqqat prezident lavozimini egalladi. Uning hukumati AQŞ bilan siyosiy ötiş va saylov islohotlari böyiça muzokaralar olib bormoqda.
Biroq hozirça yangi prezidentlik saylovining aniq sanasi belgilanmagan. Maçado esa saylov 2027-yil iyuligaça ötkazilişini talab qilmoqda.
AQŞ Maçadodan köra Rodriges bilan işlamoqda
Reuters ma’lumotiga köra, AQŞ ma’muriyati ötiş davrida asosiy muzokaralarni Delsi Rodriges hukumati bilan olib bormoqda. Şu sababli Maçado va Vaşington örtasida uning mamlakatga qaytişi masalasida kelişmovçiliklar ham kuzatilgan.
Maçadoning qaytişi AQŞ, Panama va Kolumbiya bilan muvofiqlaştirilgani haqida Reuters manbasi ma’lum qilgan. AQŞ davlat kotibi Marko Rubio esa uning xavfsiz qaytişini hukumat va muxolifat örtasidagi yaraşuv muzokaralari bilan boğlagan.
Maçado mamlakatga qaytgaç, siyosiy mahbuslar oilalari, zilziladan jabrlanganlar va muxolifat harakati vakillari bilan uçraşişni rejalaştirmoqda. Uning Vente Venezuela harakati esa kelajakdagi saylovlarga tayyorgarlik doirasida xorijdagi venesuelaliklarni röyxatdan ötkaziş böyiça iş boşlagan.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Nikolas Maduro va xotiniga AQŞda yangi ayblovlar qöyilgani haqida yozgan edi.