Osiyo kubogi – 2027: Özbekiston guruh bosqiçida kimlarga qarşi kuraşadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Iordaniya, Şimoliy Koreya va Bahrayn
Foto: Osiyo futbol konfederatsiyasi

Özbekiston milliy terma jamoasi 2027-yilgi Osiyo kubogida guruh bosqiçida Iordaniya, Şimoliy Koreya va Bahraynga qarşi maydonga tuşadi. Musobaqa 2027-yil 7-yanvardan 5-fevralga qadar Saudiya Arabistonida ötkaziladi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi xabar bedi.

Özbekiston qaçon va kim bilan öynaydi

Özbekiston terma jamoasining guruh bosqiçidagi uçraşuvlari quyidagi sanalarga belgilangan:

  • 8-yanvar: Özbekiston – Iordaniya. Uçraşuv Jidda şahridagi King Abdullah Sports City stadionida ötkaziladi;
  • 13-yanvar: Şimoliy Koreya – Özbekiston. Öyin Al-Xobardagi Aramco stadionida bölib ötişi rejalaştirilgan;
  • 18-yanvar: Özbekiston – Bahrayn. Bahs Ar-Riyoddagi King Saud University stadionida ötkaziladi.

Keyingi bosqiçga qanday çıqiladi

Guruhda birinçi va ikkinçi örinlarni egallagan jamoalar pley-off bosqiçiga yöllanma oladi. Şuningdek, oltita guruhning eng yaxşi natija körsatgan törtta uçinçi örin sohibi ham nimçorak finalda öynaş huquqini qölga kiritadi.

2027-yilgi Osiyo kubogi Saudiya Arabistonida ilk bor ötkaziladi. Turnir finali 5-fevral kuni Ar-Riyodda bölib ötişi rejalaştirilgan.

Avvalroq Özbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Rossiya terma jamoasiga qarşi örtoqlik uçraşuvini ötkazişi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek