Hududlarda suyultirilgan gazni noqonuniy sotiş holatlari aniqlandi

Özbekistonning bir qator hududlarida aholi uçun ajratilgan suyultirilgan gazni noqonuniy saqlaş va qimmat narxlarda sotiş holatlari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.
Samarqandda 3,1 tonna gaz aniqlandi
Pastdarğom tumanida bir guruh şaxslar gaz tarqatiş şoxobçasi mansabdor şaxslari bilan til biriktirgani aytilmoqda.
DXX ma’lumotiga köra, ular özlariga tegişli noturar binoga 6 tonnalik sisterna örnatib, aholiga tarqatilişi kerak bölgan suyultirilgan gaz ballonlarini kompressor orqali sisternaga böşatib kelgan.
Keyinçalik uşbu gaz ularga qaraşli avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçasida noqonuniy ravişda sotilgan.
Tekşiruv vaqtida qiymati 32,2 mln söm bölgan 3,1 tonna suyultirilgan gaz aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirilgan.
DXX hisob-kitobiga köra, bu miqdordagi gaz örtaça 150 ta xonadonning 45 kunlik ehtiyojini ta’minlaşi mumkin.
Elektr tarmoğiga noqonuniy ulanişdan 1 mlrd söm zarar
Tekşiruv davomida mazkur şaxslar elektr energiyasi tarmoğiga ham noqonuniy ulanganligi aniqlangan.
Natijada davlat manfaatlariga qariyb 1 mlrd sömlik zarar yetkazilgani qayd etildi.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qöşrabotda 35 ta gaz balloni saqlangan
Samarqand viloyatining Qöşrabot tumanida yaşovçi 1993-yilda tuğilgan fuqaroning uyida jami 130 kg suyultirilgan gaz solingan 35 ta ballon noqonuniy saqlanayotgani aniqlangan.
Fuqaroning şaxsi oşkor qilinmagan.
Xorazmda tumangaz xodimlari ham tekşiruvga tuşdi
Qoraqalpoğiston Respublikasining Amudaryo tumanida tumangaz bölimi xodimi va yana bir fuqaroning xonadonlaridan jami 23 ta gaz balloni topilgan.
Xorazm viloyatining Boğot tumanida esa tumangaz bölimining uç nafar çilangari tanişlarining uylarida jami 300 kg suyultirilgan gaz töldirilgan 25 ta ballonni qimmat narxda sotiş maqsadida saqlab kelgani aniqlandi.
Andijonda 243 ta ballon topildi
Andijon viloyatida ötkazilgan reydlar davomida jami 980 kg suyultirilgan gaz solingan 243 ta ballon noqonuniy saqlanayotgani ma’lum böldi.
Xususan, Uluğnor tumangaz bölimi çilangarining uyidan aholi uçun möljallangan 17 ta, Şahrixon tumangaz bölimi çilangarining xonadonidan esa 13 ta gaz balloni olingan.
Huquq-tartibot organlariga köra, gaz qimmat narxda sotiş uçun saqlangan.
Jizzaxda 720 kg gaz hujjatlaştirildi
Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida tumangaz ta’minoti bölimi haydovçisi öziga taniş ikki fuqaroning uyida jami 720 kg suyultirilgan gaz töldirilgan 57 ta ballonni noqonuniy saqlagani aniqlangan.
Uşbu holat ham tegişli tartibda hujjatlaştirilgan.
Navoiyda ballon sotayotgan xodimlar uşlandi
Navoiy viloyatining Nurota tumanida tumangaz bölimi çilangari va haydovçisi özaro til biriktirib, «Hududgaz Navoiy» gaz ta’minoti filiali balansidagi suyultirilgan gaz bilan töldirilgan ikki dona ballonni sotişga uringani aytilmoqda.
Ular ballonlarni xaridorga 280 ming sömga sotayotgan vaqtida uşlangan.
Huquq-tartibot organlari suyultirilgan gaz taqsimoti ustidan nazoratni kuçaytirişga qaratilgan reydlar respublika böylab davom etayotganini bildirdi.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Özbekistonda gaz bilan boğliq 1 200 ta qoidabuzarlik aniqlangani haqida yozgan edi.