Aholi mikroqarzni kamroq, boşqa kreditlarni köproq olmoqda

Özbekistonda 2026-yilning birinçi yarmida aholiga berilgan kreditlar, mikroqarzlardan taşqari, çakana savdodan tezroq ösdi. Har 100 sömlik savdoga 19,8 söm kredit töğri kelgan. Bu haqda Glava B2B Analysis kompaniyasi Markaziy bank va Milliy statistika qömitasi ma’lumotlari asosida tayyorlagan hisobotida ma’lum qildi (Kursiv Uzbekistan’da mavjud).
Har 100 sömlik xaridga qariyb 20 söm kredit töğri kelgan
Joriy yilning yanvar – iyun oylarida mikroqarzlarsiz aholiga ajratilgan kreditlar ötgan yilning shu davridagiga nisbatan 36,9 foizga ösdi. Çakana savdo aylanmasi esa joriy narxlarda 26,8 foizga köpaygan. Natijada har 100 sömlik çakana savdoga töğri keladigan kredit miqdori 2024-yildagi 15,7 sömdan 2025-yilda 18,4 sömga, bu yil esa 19,8 sömga yetdi.
Bu körsatkiç aholi xaridlarining qança qismi kredit hisobidan amalga oşirilganini anglatmaydi. U banklar ajratgan yangi kreditlar hajmini çakana savdo bilan soliştiradi.
Mikroqarzlar keskin kamaydi
Barça kreditlar hisobga olinganda esa teskari manzara kuzatiladi. Har 100 sömlik savdoga töğri keladigan kredit hajmi 2025-yildagi 38,4 sömdan 28 sömga tuşgan. Bunga, asosan, mikroqarzlar sabab bölgan. Banklar 2026-yilning birinçi yarmida aholiga 20,6 trln söm mikroqarz ajratgan. Bir yil avval bu körsatkiç 39,8 trln söm edi.
Şu tariqa mikroqarzlar hajmi 48,3 foizga qisqardi. Aholiga ajratilgan kreditlardagi ularning uluşi ham 52,2 foizdan 29,2 foizga tuşdi.
Avtokredit va iste’mol kreditlari tez ösmoqda
Mikroqarzlardan taşqari asosiy kredit turlarida ösish davom etgan. Iste’mol kreditlari 62,7 foizga, avtokreditlar 64,7 foizga, ipoteka kreditlari esa 38,6 foizga köpaygan. Bu esa umumiy kredit hajmidagi pasayiş boshqa kredit turlarining qisqarganini emas, aynan mikroqarzlarning keskin kamayganini körsatadi.
Bu jarayon çeklovlar bilan boğliq
Glava B2B Analysis rahbari Regina Rafikova mikroqarzlarning kamayişini Markaziy bank tomonidan joriy etilgan çeklovlar bilan izohladi.
«Mikroqarzlarning keskin qisqarişi, ehtimol, köp jihatdan regulyator qarori bilan boğliq. Şu bilan birga, mikroqarzlarsiz kreditlar çeklovlardan oldin ham savdodan tezroq ösayotgan edi», – dedi u.
Rafikovaning qayd etişiça, mikroqarzlarning bir qismi kredit kartalari bilan almaştirilayotgan yoki yöqligini keyingi çoraklar ma’lumotlari körsatişi mumkin.
Avvalroq Özbekistondagi qaysi banklardan avtokredit va mikroqarz olish qulayligi haqida xabar berilgan edi.