Mbappe yoki Yamal — bugun Oltin töp öz egasiga topşiriladi

eʼlon qilindi
70-marta topşiriladi
Foto: Star.com

2026-yilgi «Oltin töp» marosimi bugun, 26-oktabr kuni Londondagi London Palladium teatrida ötkaziladi. Futbolning eng nufuzli individual mukofotlaridan biri bu yil 70-marta topşiriladi. Bu haqda UEFA xabar berdi.

Marosim ilk bor Londonda ötkaziladi

«Oltin töp» taqdirlaş marosimi tarixda ilk bor London şahrida taşkil etilmoqda. Tadbir Toşkent vaqti bilan 26-oktabrda soat 23:00 da boşlanadi.

Marosimni fransiyalik sobiq futbolçi Tyerri Anri va sport jurnalisti Keyt Skott olib boradi. London mezbon şahar sifatida mukofotning ilk sohibi, angliyalik futbolçi Stenli Metyuz şarafiga tanlangan.

«Oltin töp» uçun kimlar kuraşadi

Erkaklar örtasidagi asosiy mukofotga nomzodlar orasida amaldagi sohib Usmon Dembele, Lionel Messi, Kilian Mbappe, Lamin Yamal, Harri Keyn, Erling Holand, Vinisiyus Junior, Rodri va boşqa futbolçilar bor.

Ayollar örtasidagi «Oltin töp» uçun esa Aytana Bonmati, Aleksiya Putelyas, Ewa Pajor va boşqa futbolçilar nomzod sifatida körsatilgan. Ötgan yili erkaklar mukofotini Usmon Dembele, ayollar mukofotini esa Aytana Bonmati qölga kiritgan edi.

Boşqa mukofotlar ham topşiriladi

Marosim davomida yilning eng yaxşi yoş futbolçilari, darvozabonlari, murabbiylari va klublari ham taqdirlanadi. Şuningdek, eng yaxşi töpurarlar hamda ijtimoiy va xayriya taşabbuslarini qöllab-quvvatlaganlar uçun Sócrates mukofoti topşirilişi rejalaştirilgan.

«Oltin töp» mukofoti 1956-yilda France Football jurnali tomonidan ta’sis etilgan. 2024-yildan buyon taqdirlaş marosimi UEFA bilan hamkorlikda taşkil etiladi.

Avvalroq Ispaniya La Ligasining 10-turi doirasida bölib ötgan mavsumning dastlabki El-klasikosida «Real Madrid» mehmonda «Barselona»ni 1:2 hisobida yenggandi.

Shuningdek