Mirziyoyev Ibn Sinoning bolaligi haqidagi film suratga olinayotgan maydonni közdan keçirdi

Prezident Şavkat Mirziyoyev «Özbekfilm» kinostudiyasida Abu Ali ibn Sinoning bolaligiga bağişlangan «Husayn» tarixiy-badiiy filmi suratga olinayotgan maydon bilan tanişdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Filmda İbn Sinoning bolaligi tasvirlanadi
Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi buyurtmasi asosida suratga olinayotgan film uçun «Özbekfilm»da alloma yaşagan davr muhitini aks ettiruvçi dekoratsiyalar qurilgan.
Davlat rahbari tarixiy şahar devorlari, köça va bozor manzaralari, davr liboslari hamda suratga olişda foydalaniladigan buyumlarni közdan keçirdi.
Kinoijodkorlar bilan suhbatda Mirziyoyev milliy ruhdagi, buyuk ajdodlar hayotiga bağişlangan filmlar yaratişga e’tibor yanada kuçaytirilişini ta’kidladi. U dekoratsiyalarni yuqori baholab, tarixiy muhitni ekranda işonarli gavdalantiriş muhimligini qayd etdi.
Film 2030-yilgaça möljallangan yöl xaritasiga kiritilgan
«Husayn» filmida yoş Husayn ibn Abdullohning tabobatga mehri, ustozlariga sadoqati va insonparvarligi tasvirlanadi. Asar orqali bolalarga allomaning ilmga intilişi va şaxsiy fazilatlarini yaqindan taniştiriş közda tutilgan.
Filmni yaratiş Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosini çuqur örganiş va keng tarğib qiliş böyiça 2030-yilgaça möljallangan «yöl xaritasi»da belgilangan. Hujjatda alloma tavalludining 1050 yilligiga tayyorgarlik köriş ham nazarda tutilgan. Prezident film ijodkorlariga muvaffaqiyat tiladi.
Avvalroq Şavkat Mirziyoyev «Özbekfilm» kinostudiyasining 10 gektarlik hududida zamonaviy kino xizmatlari jamlangan yagona industrial klaster — «Özbekfilm kino şaharçasi» taşkil etilişini ma’lum qilgandi.