
Özbekistonning ikki klubi – «Paxtakor» va «Neftçi» OFK Elit Çempionlar ligasining 3-turida mağlubiyatga uçradi. Toşkentliklar Iroqda «Eyr Fors»ga 0:1 hisobida yutqazgan bölsa, Farğona klubi öz maydonida «Al-Ittihod»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
«Neftçi» hal qiluvçi golni 90+1-daqiqada ötkazib yubordi, «Paxtakor» esa 70-daqiqadagi yagona goldan söng Iroqdan oçkosiz qaytdi.
«Paxtakor» Iroqda minimal hisobda yutqazdi
«Paxtakor» 26-oktabr kuni Bağdodda «Eyr Fors»ga qarşi maydonga tuşdi. Uçraşuvdagi yagona gol 70-daqiqada urildi. Iroq klubi futbolçisi Abdulamir mezbonlarni hisobda oldinga olib çiqdi va bu gol yakunda ğalaba uçun yetarli böldi.
Ikkinçi bölimda Doston Hamdamov, Hojiakbar Alijonov va Stefan Çinedu ham öyinga qöşildi.
Toşkentliklar 12-öringa tuşib ketdi
Uşbu mağlubiyatdan söng «Paxtakor» 2 oçko bilan turnir jadvalining 12-poğonasiga tuşib qoldi. «Eyr Fors» esa oçkolarini 3 taga yetkazib, sönggi 16-örindan 10-poğonaga kötarildi.
Öyinda «Paxtakor» futbolçilaridan Abdurauf Böriyev va Sardor Sobirxöjayev sariq kartoçka oldi.
«Neftçi» 17-daqiqada hisobni oçdi
Farğonadagi «Istiqlol» stadionida esa «Neftçi» Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubini qabul qildi.
Mezbonlar 17-daqiqada hisobni oçdi. Jamşid Iskanderov penaltidan unumli foydalanib, «Neftçi»ni oldinga olib çiqdi. Biroq 35-daqiqada «Al-Ittihod» futbolçisi Hussam Auar hisobni tenglaştirdi.
Şundan keyin uzoq vaqt hisob özgarmadi va öyin durang bilan yakunlanayotgandek körindi.
En-Nesiri 90+1-daqiqada ğalaba golini urdi
Uçraşuvning asosiy vaqtiga qöşib berilgan birinçi daqiqada Yusuf En-Nesiri «Al-Ittihod»ga ğalaba keltirgan golni urdi.
Marokaş terma jamoasi hujumçisi 63-daqiqada zaxiradan maydonga tuşgan edi. Şu tariqa Farğona klubi öz maydonida 1:2 hisobida mağlub böldi.
«Neftçi» 9-öringa tuşdi
Bu «Al-Ittihod»ning turnirdagi ilk ğalabasi böldi. Jidda klubi 4 oçko bilan 7-öringa kötarildi. «Neftçi» esa 3 oçko bilan 9-poğonaga tuşdi.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Ronaldu jamoasi bugun «Neftçi»ga qarşi öynaşi haqida yozgan edi.