
Realme kompaniyasi yangi Realme 17 Pro yoki Realme 17 Pro+ smartfonini tayyorlamoqda. Yangi model 10 000 mA/soat batareya va 200 MP kamera olişi mumkin.
Hozirça modelning rasmiy taqdimot sanasi ma’lum qilinmagan. Şuningdek, yakuniy nomi Realme 17 Pro yoki Realme 17 Pro+ bölişi ham hozirça tasdiqlanmagan.
165 Hz ekran olişi mumkin
Smartfon 1,5K aniqlikdagi tekis OLED displey bilan jihozlanadi. Ekranning maksimal yangilaniş çastotasi 165 Hzgaça yetadi. Biroq bu rejim faqat ayrim öyinlarda işlaşi mumkin, tizim interfeysida esa ekran 120 Hz çastotada işlaydi.
Smartfon korpusining yon ramkasi plastikdan tayyorlanişi kutilmoqda. Kamera bloki dizayni esa Realme 16 Pro+ modeliga öxşaş bölişi mumkin.
Asosiy kamera 200 MP böladi
Realme 17 Pröning asosiy kamerasi 200 MP sensor asosida işlaşi aytilmoqda. Bundan taşqari, smartfon 50 MP telefoto kamera olişi mumkin. Uşbu modul 3,5 karra optik zumni qöllab-quvvatlaşi kutilmoqda.
Kamera tizimiga ultra keng burçakli modul ham qöşiladi. Hozirça uning aniqligi haqida ma’lumot yöq.
Dimensity 7500 protsessori işlatiladi
Smartfonning apparat platformasi MediaTek Dimensity 7500 çipiga asoslanişi kutilmoqda. Hozirça tezkor xotira va içki xotira konfiguratsiyalari haqida ma’lumot berilmagan. Şuningdek, dasturiy ta’minot versiyasi ham oçiqlanmagan.
Batareya siğimi 10 000 mA/soatga yetadi
Modelning eng muhim xususiyatlaridan biri 10 000 mA/soat siğimli batareya bölişi mumkin. Bu körsatkiç odatiy flagman va örta toifadagi smartfonlardagi 5 000 – 7 000 mA/soatlik batareyalardan sezilarli darajada yuqori.
Simli tezkor quvvatlaş quvvati hozirça noma’lum. Insayder faqat yuqori quvvatli zaryadlaş texnologiyasi qöllanişi mumkinligini bildirgan.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Realme P4s Lite 7000 mA/soat batareya bilan çiqişi haqida yozgan edi.