Raqobat qömitasi aksiya va çegirmalarni QR-kod bilan e’lon qilişni taklif etmoqda

Raqobat qömitasi savdo va xizmat körsatiş şoxobçalaridagi aksiya hamda çegirmalarni raqamli nazorat qiliş mexanizmlarini joriy etişni taklif qilmoqda. Qömita 58 ta şoxobçada 116 ta aksiya va çegirmani örganib, 65 ta muammo va kamçilikni aniqlagan.
59 ta kamçilik bartaraf etildi
Örganişlarda ayrim çegirmalar amalda reklamada körsatilganidan boşqaça qöllangani, aksiya şartlari töliq tuşuntirilmagani va ayrim ğoliblarga va’da qilingan sovrinlar berilmagani aniqlangan.
Qömita ma’lumotiga köra, aniqlangan 65 ta kamçilikning 59 tasi yoki 90,7 foizi huquqiy tuşuntiriş va ogohlantirişlar orqali bartaraf etilgan.
Tört nafar tadbirkorlik subyektiga nisbatan iş qözğatilib, tegişli qaror va körsatmalar berilgan. Iste’molçilar foydasiga qariyb 250 mln söm qayta hisob-kitob qilingan.
60 mln sömlik sovrin berilmagan
Andijon viloyatida «Water Life Mineral» MÇJ ötkazgan «Orzu uşalsin» aksiyasida üç nafar iştirokçiga jami 60 mln sömlik sovrin berilmagani aniqlangan.
Holat yuzasidan tadbirkorga nisbatan iş qözğatilib, iste’molçilar huquqlari buzilgani böyiça tegişli qaror qabul qilingan va körsatma berilgan.
Cobalt haqiqiy ğolibga qaytarildi
Namangan viloyatida fuqaro A.A. «Namangan avtotexxizmat» MÇJ aksiyasida Chevrolet Cobalt avtomobilini yutib olgan.
Biroq uning telefon raqami notöğri terilgani sabab ğolib bilan boğlanib bölmagan va avtomobil boşqa şaxsga berilgan. Raqobat qömitasi aralaşuvidan söng Cobalt haqiqiy ğolibga qaytarilgan.
Çegirma şartlarida ham kamçiliklar aniqlandi
Namangandagi «Baldini» dökonida 50% çegirma e’lon qilingan, biroq mahsulotlarda narxnomalar mavjud bölmagan.
Buxorodagi «IDEA» dökonida esa 20%, 50% va 60% çegirmalar reklama qilingan. Ammo çegirma mahsulotning umumiy narxiga emas, muddatli tölovdagi oylik tölovlarga qöllangan.
Qaşqadaryoda «IDEA»ning ayrim aksiyalarida aksiya mahsulotlari soni, ularning oldingi 30 kundagi eng past narxi hamda «1+1» taklifida qanday qoşimça mahsulot berilişi aniq körsatilmagani qayd etilgan.
Aksiyalarni oldindan röyxatdan ötkaziş taklif qilinmoqda
Raqobat qömitasi endi aksiya va çegirmalarni nazorat qilişni raqamlaştirişni taklif qilmoqda. Takliflardan biri mahsulot yoniga QR-kod joylaştiriş. Xaridor uni skanerlab, mahsulotning avvalgi narxlari va çegirmaning haqiqiy miqdorini körişi mumkin böladi.
Şuningdek, aksiyalarni boşlanişidan oldin maxsus elektron tizimda röyxatdan ötkaziş va mahsulot narxlari tarixini raqamli şaklda saqlaş közda tutilmoqda.
Qömita bu çoralar aksiya va çegirmalarning şaffofligini oşiriş, xaridorlarni çalğituvçi holatlarning oldini oliş va iste’molçilar huquqlarini himoya qilişga qaratilganini bildirdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Cobalt va Damas uchun 15 mln so‘mgacha qayta chegirma e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.