Hududlarga tibbiyot yönalişlari uçun kamida 150 mln dollar investitsiya va grant jalb qiliş vazifasi qöyildi

Özbekistonda 2027-yilda har bir hududga tibbiyot va farmatsevtika yönalişlari uçun kamida $150 mln investitsiya hamda grant mablağlarini jalb qiliş vazifasi qöyildi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev Köksaroy qarorgohida soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvda ma’lum qildi.
Davlat rahbari hududlar rahbarlariga xorijiy sarmoya va grantlarni jalb etiş böyiça tegişli topşiriqlar berdi.
Genetik tekşiruvlar joriy etiladi
Uçraşuvda zamonaviy tibbiyotda genomika, hujayra va biotexnologiyalar yordamida ilgari davolaş imkoniyati çeklangan köplab kasalliklarga yangi yeçimlar topilayotgani qayd etildi.
Şu bilan birga, ilmiy va texnologik taraqqiyot inson salomatligi bilan boğliq tadqiqotlarda qöşimça mas’uliyat yuklaşi ta’kidlandi.
«Inson hayoti va salomatligi bilan boğliq tadqiqotlarda uning huquqi, roziligi va qadr-qimmati birinçi örinda turişi şart», – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Şu sabab bioetika va biotexnologiya yönalişlarini tartibga soluvçi mustahkam huquqiy bazani şakllantiriş rejalaştirilmoqda.

Garvard bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlanadi
Uçraşuvda Garvard tibbiyot maktabi bilan hamkorlikda irsiy kasalliklar böyiça mutaxassislarni tayyorlaş va Özbekistonda genetik tekşiruvlarni joriy etiş rejalari ham ma’lum qilindi.
Bu yönaliş tibbiyotda kasalliklarni erta aniqlaş, irsiy xavflarni baholaş va individual davolaş usullarini rivojlantiriş imkoniyatlarini kengaytirişi közda tutilmoqda.
2026-yilda farmatsevtika va biotexnologiya sohasida yangi texnologiyalarni joriy etiş, texnologiyalar transferini kengaytiriş hamda ilmiy tadqiqotdan işlab çiqarişgaça bölgan töliq qiymat zanjirini yaratiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri sifatida belgilangan edi.
Tibbiy jamoalar hududlarga yuboriladi
Prezident yuqori malakali tibbiy yordam faqat bitta şifokorning mahoratiga boğliq emasligini ta’kidladi.
«Malakali tibbiyot uçun şifokorning özi yetarli emas, yonida yaxlit jamoasi ham kerak», – dedi davlat rahbari.
Şu munosabat bilan jarroh, anesteziolog, reanimatolog, assistent va hamşiralardan iborat yaxlit tibbiy jamoalarni hududlarga yuboriş tizimini yölga qöyiş rejalaştirilmoqda.
Ular quyi böğindagi tibbiyot xodimlari bilan birgalikda işlaşi, xizmat sifatini oşirişi va aholining mahalliy tibbiyot muassasalariga bölgan işonçini kuçaytirişi kerak.
Neyroxirurgiya tajribasi hududlarga yoyiladi
Respublika şoşilinç tibbiy yordam markazida neyroxirurgiya böyiça katta tajriba va mutaxassislar maktabi şakllangani qayd etildi.
Endi uşbu tajribani hududlarga olib çiqiş közda tutilmoqda.
Bunday jamoalar har bir viloyatda mahalliy şifokorlarni birlaştiradigan va bemorlarga yuqori malakali yordam körsatişga qodir guruhlarni şakllantirişi kerak.
Şifokorlar 3-4 oylik stajirovkadan ötadi
Yangi tizim doirasida hududlardagi tibbiy jamoalar respublika ixtisoslaştirilgan markazlariga olib kelinib, 3-4 oylik stajirovkadan ötkaziladi.
Bu tartib faqat neyroxirurgiyaga emas, boşqa ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlariga ham tatbiq qilinadi.
Şuningdek, respublika markazlari mutaxassislarining tuman va mahallalarga çiqib işlaşi, quyi böğin tibbiyot xodimlarini joyida öqitişi böyiça yangi tizim joriy etilişi rejalaştirilmoqda.
Soğliqni saqlaşga investitsiyalar kengaytirilmoqda
Özbekistonda soğliqni saqlaş sohasiga xususiy investitsiyalar va davlat-xususiy şeriklik loyihalarini jalb qiliş böyiça alohida tizim şakllantirilmoqda.
Avvalroq 2027-yil 1-yanvardan soğliqni saqlaş sohasiga töğridan-töğri investitsiyalarni jalb qilişning yangi mexanizmi joriy etilişi belgilangan edi. Unda investorlarni topiş, yangi loyihalarni şakllantiriş va tibbiyot infratuzilmasini yagona master-reja asosida rivojlantiriş nazarda tutilgan.
26-oktabr kuni esa prezidentga 2026 – 2036-yillarda tibbiy infratuzilmani yagona master-reja asosida rivojlantiriş böyiça takliflar taqdim etilgan edi.