Samarqandda 20 kgdan ortiq opiy kontrabandasi foş etildi

eʼlon qilindi
Giyohvandlik moddasi yuk maşinasida olib kirilgan
Samarqandda 20 kgdan ortiq opiy kontrabandasi foş etildi
Foto: ekran tasviri

Samarqand viloyatida 20 kgdan ortiq giyohvandlik vositasini Özbekistonga noqonuniy olib kiriş holati aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

DXXning Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari Bojxona va Içki işlar organlari bilan hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbir davomida 20 kg 239 gramm ekstraksiyali opiy musodara qilindi.

Giyohvandlik moddasi yuk maşinasida olib kirilgan

DXX ma’lumotiga köra, Fors körfazi mamlakatlaridan birining 1971-yilda tuğilgan fuqarosi şaxsi hozirça aniqlanayotgan qöşni davlat fuqarosi bilan til biriktirgan.

Ular giyohvandlik vositasini «Renault» rusumli yuk avtomaşinasida xorijdan Özbekistonga olib kirgani aytilmoqda.

Narkotik modda avtomobilning maxsus yaşirin joyiga va ikkita akkumulyator içiga joylaştirilgan.

Iştixondagi uyda 20,2 kg opiy topildi

Tezkor tadbir davomida xorijlik fuqaro vaqtinça yaşab turgan Iştixon tumanidagi uy közdan keçirilgan.

Natijada sof oğirligi 20 kg 239 gramm bölgan ekstraksiyali opiy aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Jinoyat işi qözğatildi

Holat yuzasidan xorijlik fuqaro va boşqa şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi – kontrabanda hamda 273-moddasi – giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar bilan boğliq moddalar asosida jinoyat işi qözğatilgan.

Hozir tergov davom etmoqda. Huquq-tartibot organlari uşbu kontrabanda holatiga aloqador boşqa şaxslarni aniqlaş böyiça çoralar körmoqda.

Avvalroq Toşkent tumanida kömir yoqayotgan issiqxonaga çora körilgan edi.

Shuningdek