Fitch: oltin narxining pasayişi Özbekistonga qanday ta’sir qiladi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Fitch Ratings agentligi oltin narxining $2700 gaça pasayişini hisob-kitoblariga kiritgan
Fоtо: Vаdim Erzikov

Oltin narxining pasayişi Özbekistondagi kon-qazib oliş kompaniyalari kredit reytinglari va mamlakatning suveren reytingi yomonlaşişiga avtomatik ravişda olib kelmasligi kerak. Bu haqda 2026-yil 27-oktabr kuni Toşkentda ötkazilgan Fitch on Uzbekistan konferensiyasida Fitch Ratings taqdim etgan baholar natijalarida ma’lum qilindi. Agentlik hisob-kitoblarida 2026-yilda oltinning bir troya unsiyasi uçun $4500 narx belgilangan va 2029-yilga borib bu narx $2700 gaça pasayişi qayd etilgan.

Fitch Ratings kompaniyasining EMEA mintaqasidagi tabiiy resurslar böyiça katta direktori Yuliya Buçneva Kursiv Uzbekistan muxbirining savoliga javob berar ekan, qimmatbaho metall narxining özgarişi Özbekiston iqtisodiyoti va eng yirik oltin işlab çiqaruvçilarga qanday ta’sir körsatişi mumkinligi haqida sözlab berdi.

Şuningdek, öqing: Özbekistonda bank xodimlarining maoşi 20 foizdan köproqqa oşişi mumkin

Oltin qançaga arzonlaşişi mumkin

Fitch Ratings taqdim etgan ma’lumotga köra, agentlik öz hisob-kitoblarida oltin narxini 2026-yilda bir unsiya uçun $4500, 2027-yilda $3800, 2028-yilda esa $3300 va 2029-yilda $2700 darajasida hisobga olmoqda.

Şunday qilib, 2029-yilga kelib hisob-kitobdagi oltin narxi 2026-yil uçun belgilangan darajadan 40 foiz past böladi. Şu bilan birga, Fitch kompaniyalarni bozor sikli davomida hisob-kitob uchun qabul qilingan narx – sikl örtasi (mid-cycle) bir unsiya uçun $2300 ni taşkil etadi.

Biroq Buçneva bu qiymatlarni kelajakdagi bozor narxlarining aniq prognozi sifatida qabul qilmaslik kerakligini ta’kidladi.

«Biz hisob-kitoblarda oltinning bozor sikli uçun örtaça narxini olamiz. Ya’ni bu aniq narx prognozi emas. Masalan, 2029-yilda oltin narxi qança bölişini prognoz qilişga harakat qilmaymiz», – deya izohladi Fitch Ratings vakili.

Uning aytişiça, bunday yondaşuv agentlikka xomaşyo narxlaridagi özgarişlar ortidan kredit reytinglarini keskin özgartirişdan qoçiş imkonini beradi.

«Biz reytinglardagi özgaruvçanlikdan qoçişga harakat qilamiz va masalan, bir yildan keyin oltin narxi pasaysa yoki aksinça, keskin öşsa, reytinglarni darhol oşiriş yoki pasaytirmaymiz. Shu bilan birga, mid-cycle narxi har doim konservativ narx böladi», – dedi Buçneva.

Özbekistondagi oltin qazib oluvçi kompaniyalarga nima böladi

Hisob-kitoblarga kiritilgan oltin narxining pasayişiga qaramay, Fitch yaqin yillarda Özbekistondagi eng yirik kon-qazib oliş korxonalarining pul oqimlari ösişini kutmoqda.

Buçnevaning ta’kidlaşiça, kompaniyalarni baholaşda agentlik nafaqat metall narxlarini, balki ularning moliyaviy va dividend siyosatidagi moslaşuvçanlikni, şuningdek, investitsiya dasturlarini özgartiriş imkoniyatlarini ham hisobga oladi.

Şuningdek, öqing: Jahonda oltin narxi $4 mingdan tuşdi, Özbekistonda-chi

Uning sözlariga köra, Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) katta investitsiya loyihalari portfeliga ega.

«Keyinçalik, 2029 – 2030-yillarga kelib, işlab çiqarişning ösişi, diversifikatsiya, yangi konlarning işga tuşirilishi va rivojlanişni hisobga olgan holda, pul oqimlari ham ösişi prognoz qilinmoqda. Ya’ni narxning pasayişi reytingda qandaydir özgarişga olib kelmaydi», – dedi Buçneva.

Şunday qilib, Fitch bahosiga köra, işlab çiqariş hajmlarining ösişi va yangi loyihalarning amalga oşirilishi oltin narxi hisob-kitoblarda pastroq bölsa ham, korxonalarning moliyaviy körsatkiçlarini qöllab-quvvatlaşi kerak.

Narxlar pasayişi iqtisodiyot va budjetga qanday ta’sir qiladi

Qayd etiş kerakki, oltin muhim eksport mahsuloti va valyuta tuşumlari manbai bölib qolayotgan Özbekiston davlat moliyasi uçun bu alohida masala hisoblanadi. Boşqa şartlar özgarmagan taqdirda, qimmatbaho metall narxining pasayişi oltin qazib oluvçi korxonalarning eksport tuşumlarini va ularning faoliyati bilan boğliq budjet tuşumlarini kamaytirişi mumkin. Biroq amaldagi ta’sir nafaqat jahon narxlariga, balki işlab çiqariş hajmiga, kompaniyalarning xarajatlari va moliyaviy natijalariga ham boğliq böladi.

Mavzu böyiça öqing: Özbekiston oltin-valyuta zaxiralari 7,6 foizga kamaydi

Buçneva oltin narxi pasaygan taqdirda Davlat budjetining ehtimoliy yöqotişlari böyiça miqdoriy baho keltirmadi. Şu bilan birga, u Özbekiston iqtisodiyotida ma’lum darajada diversifikatsiya mavjudligi va uning bundan keyin ham kuçayişi kutilayotganini ta’kidladi.

«Özbekiston iqtisodiyotida ma’lum darajada diversifikatsiya bor va uning ortib borişi kutilmoqda. Bu ham oltin narxlari özgargan taqdirda yordam beradi», – dedi Fitch Ratings vakili mamlakat suveren reytingi uçun ehtimoliy oqibatlarni izohlar ekan.

Şunday qilib, agentlik bahosiga köra, kon-qazib oliş sohasida işlab çiqarişning ösişi va iqtisodiyotning keyingi diversifikatsiyasi oltin narxining ehtimoliy pasayişi oqibatlarini yumşatişi mumkin. Şu bilan birga, Fitch bu ssenariyning budjet daromadlariga ta’siri böyiça alohida prognoz taqdim etmadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fitch Ratings Özbekistonda joriy etilayotgan banklarni soğlomlaştiriş va tugatişning yangi tartibi davlat banklariga körsatiladigan hukumat yordamini kamaytirmasligi haqida ma’lum qilganini yozgan edi.

Shuningdek