Beruniy Alimov: Jurnalistning xolisligi — uning noni

«Bu insofdan emas!» Özbekistonning Birinçi prezidenti matbuot kotibi lavozimida işlagan Beruniy Alimov taşkilotlardan birining xodimlari «Bugun heç narsa qila olmaymiz, çunki hisobçi sun’iy intellekt uçun tölov qilmagan», deganida aynan şunday munosabat bildirdi. Filologiya fanlari doktori, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining PR kafedrasi professori, «Jurnalistikada sun’iy intellekt davri» monografiyasi muallifi Kursiv Uzbekistan bilan suhbatda jurnalist mehnati nega qadrsizlaniş xavfi ostida qolgani va öquvçilar nima uçun hamon jurnalistlarga işonişga tayyor ekani haqida söz yuritdi.
Sun’iy intellektni yomon körsatish ham, köklarga kötariş ham kerak emas
— Beruniy Sultonoviç, bugun sun’iy intellektga munosabat har xil. Ayrimlar uning imkoniyatlariga qoyil qolayotgan bölsa, boşqalar, aksinça, uni keskin tanqid qilmoqda. Siz bu ikki qarama-qarşi yondaşuvga qanday qaraysiz?
— Men media sohasi bilan şuğullanuvçi professor sifatida umuman keskin qarama-qarşi qaraşlar tarafdori emasman. Çunki har qanday yangi texnologiyaning, ayniqsa, jurnalistikada öziga yaraşa afzalliklari ham, kamçiliklari ham böladi. Bu tabiiy hol.
Internet paydo bölganida hammamiz «Endi jurnalistika nima böladi?» deb öylaganmiz. Ijtimoiy tarmoqlar, blogerlar paydo bölganida yana xavotirga tuşganmiz. Endi sun’iy intellekt kirib keldi, yana «Nahotki endi jurnalistlarga ehtiyoj qolmasa?» deb sörayapmiz.
Sun’iy intellektni yomon körsatiş ham, uni haddan taşqari uluğlaş ham kerak emas. Uning imkoniyatlari va çeklovlarini tuşungan holda, oqilona foydalaniş lozim.
Albatta, jurnalistlar uçun u juda foydali. Tasavvur qiling, qölingizda 700 sahifalik statistika, juda köp raqamlar bor. Maqolani esa beş daqiqadan keyin topşirişingiz kerak. Sun’iy intellekt bu ma’lumotlar nimani körsatayotgani, qanday tendensiyalar mavjudligini aniqlaşda yordam bera oladi.
Yoki siz infografika tayyorlamoqçisiz. Sun’iy intellekt yordamida yaxşi vizual material yaratiş mumkin. Hozirgi öquvçilarga körgazmali axborot yoqadi, u yaxşiroq esda qoladi.
Lekin masalaning ikkinçi tomoni ham bor. Biz sun’iy intellekt yordamida biror material tayyorlasak ham, javobgarlik baribir özimizning zimmamizda qoladi. Bilamizki, neyrotarmoqlarda «gallyutsinatsiya», ya’ni haqiqatga töğri kelmaydigan ma’lumotlarni işlab çiqariş holatlari uçrab turadi. Şuning uçun infografika böladimi yoki tahlilmi, u uçun jurnalist javob beradi.
Kitob ustida 22 oy işladik
— Yaqinda jurnalistika va sun’iy intellektga bağişlangan kitobingiz naşrdan çiqdi. Uni yozişga sizni nima undadi?
— Asosiy sabab sun’iy intellekt jurnalistikani qanday özgartirayotganini anglaş istagi edi. Men texnologiyalar jurnalistning imkoniyatlarini kengaytirişini, biroq uning kasbiy tafakkuri, mas’uliyati va haqiqatga intilişini almashtira olmasligini isbotlamoqçi böldim.
Biz, jurnalistlar ilmiy iş yozayotganimizda katta hamkasblarimiz, professorlar, ilmiy rahbarlarimiz yordam berişadi. Mening holatimda bu ğoyani professor Fayzulla Abdullayeviç Möminov taklif qilgan.
U kişi menga: «Kel, şunday kitob yoz. Özbekistonda jurnalistika öqitiladigan öndan ortiq universitetlar bor, lekin aynan jurnalistikada sun’iy intellektdan foydalaniş böyiça darslik yöq. Vaholanki, tahririyatlar bu texnologiyalardan allaqaçon foydalanmoqda», dedi.
Men unga: «Lekin men bu yönalişni unçalik yaxşi bilmayman-ku. Bu mutlaqo yangi soha», dedim. U kişi esa: «Mayli, heç bölmasa rejasini tuzişda yordam beraman», dedi.
Rejani tuzib berdi. Şunday qilib, işni boşladik. Oxir-oqibat bu monografiya ustida 22 oy işladik. Deyarli ikki yil!
Chet ellik hamkasblarim bilan gaplaşganimda, xususan, italiyalik bir professor bilan suhbatda Özbekistonda jurnalistikada sun’iy intellektdan foydalaniş haqida kitob yozmoqçi ekanimni aytdim.
U menga: «Özbekiston uzoqda joylaşgan. Biz Yevropada ham hali bunday kitob yozganimiz yöq. Şoşilma», dedi. Tasavvur qilyapsizmi? Men esa: «Yöq, men işni boşlab böldim. Oxiriga yetkazaman va naşr ettiraman», dedim.
Va oxiriga yetkazdik. Yoşlar işlari agentligi loyihaga moliyaviy yordam berdi. Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov ham şaxsan yordam körsatdi. Kitobni naşr ettirib, Özbekistonning markaziy ommaviy axborot vositalari, jurnalistika fakultetlari va universitet kutubxonalariga tarqatdik.
Adadi unça katta emas edi. Şuning uçun imkon qadar köpçilik bu kitobdan foydalana olişi men uçun muhim.
— Uşbu tadqiqotingizdagi qaysi xulosalarni bugungi media hamjamiyati uçun eng muhim deb hisoblaysiz?
— Birinçidan, media hamjamiyati sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanişi kerak. Nima uçun? Çunki bu iş jarayonini tezlaştiradi.
Ikkinçidan, hozir köp tahririyatlar nimadan qiynalmoqda? Resurslar yetişmasligidan. Pul yetişmaydi, vaqt yetişmaydi, xodim yetişmaydi. Şunday şaroitda sun’iy intellekt ayrim vazifalarni, masalan, musahhih yoki dizayner işini öz zimmasiga olişi mumkin.
Men u tahririyatni butunlay almashtiradi, demayapman. Ammo ayrim lavozimlar yöqolişi mumkin. Bu tendensiya davom etadi. Öylaymanki, 2027-yilda Özbekiston tahririyatlarida aynan sun’iy intellekt «şarofati bilan» xodimlar soni sezilarli darajada qisqarişi mumkin.
Sun’iy intellekt hozir faqat internet-naşrlarda emas. Undan televideniye, radio va jurnallarda ham foydalanilmoqda. Kelajakda bu yanada kengayadi.
Özim ham taxminan bir yil oldin ChatGPT’ning pullik obunasini sotib oldim. Keçagina esa Claude’ga ham obuna böldim. Nima uçun? Çunki Claude’da mening tahliliy işlarim uçun qöşimça imkoniyatlar bor. Endi bir vaqtning özida bir neçta media loyiha bilan işlay olaman. Qayerdadir hisobot yozaman, qayerdadir trening uçun beş daqiqada taqdimot tayyorlayman.
Ya’ni sun’iy intellekt mening yaqin yordamçimga aylandi. Bundan şikoyat qilmayman. Aksinça, şunday yordamçilarim paydo bölganidan xursandman. Ilgari, deylik, ilmiy maqola yozdim. Tadqiqot mavzusiga oid yaxşi infografika kerak. Masalan, Canva’dan foydalanardim. Hozir esa ChatGPT yoki boşqa vositalardan foydalana olaman.
Töğrisi, infografika masalasida ChatGPT hammadan zör, deb aytolmayman. Menimça, boşqa vositalar, masalan, Claude köp narsani yaxşiroq bajara oladi. Çunki ChatGPT’da infografika tayyorlasangiz, xatolar uçrab turadi. Har bir sözini qayta-qayta öqib çiqiş kerak. Ba’zan öylab qolaman: balki u ataylab xato qilayotgandir? Axir menda pullik versiyasi-ku! (Kuladi.)
Şuning uçun sun’iy intellektni ideallaştira olmayman. Ammo u yordamçimizga aylangani va işimizni tezlaştirayotganini ham inkor etib bölmaydi.
Kitob yozişda SI menga yordam berdi, lekin muallif özim bölib qoldim
— Kitob ustida işlaganingizda özingiz ham neyrotarmoqlardan foydalandingizmi? Masalan, ma’lumot izlaş, materialni tizimlaştiriş yoki matnni tahrir qilişda?
— Bu juda muhim, hatto qiziqarli savol. Umuman foydalanganim yöq, deb aytolmayman. Foydalandim. Masalan, boblar uçun sarlavha variantlari kerak bölganida bir neçta taklif berişini sörardim. Sun’iy intellekt sakkizta nom taklif qilardi. Men ular içidan eng ma’qulini tanlardim. Tanlagan variantimga ham özimdan nimadir, muallif sifatida öz fikrimni qöşardim. Şuning uçun men sun’iy intellektga töliq işonganman, deb aytolmayman.
Undan yordamçi vosita sifatida foydalandim: ğoya izlaşda, materialni tartibga solişda, ba’zan monografiya matnini tahrir qilişda.
Lekin u baribir muallifning tajribasi, tanqidiy fikrlaşi va xulosalarning işonçliligi uçun javobgarligini almashtira olmaydi. Har safar sun’iy intellektdan foydalanganimda natijani qayta tekşirganman. Çunki bu baribir maşina. U xato qilişi mumkin. Javobgarlikni esa öz zimmamga olganman.
Aytgança, masalaga kengroq qaraydigan bölsak, sun’iy intellekt bugun paydo bölib qolgani yöq. Toshkentda matematika, oliy matematika, kibernetika önlab yillardan beri rivojlanib kelmoqda. Özbekiston bu sohalarda dunyoga taniqli olimlarni yetiştirib bergan. Hatto «algoritm» sözi ham, özingiz bilasiz, Al-Xorazmiy nomi bilan boğliq. Şuning uçun men sun’iy intellektni mutlaqo yangi davrning kutilmagan hodisasi deb atamagan bölardim. Insoniyat bunga juda uzoq vaqt davomida yaqinlaşib kelgan. Biz ham bu jarayonning bir qismi bölganmiz.
Öquvçini nima qiziqtiradi?
— Bugun oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak jurnalistlar zamon talablariga qanday tayyorlanmoqda? Ularni o‘qitish usullari va o‘quv dasturlarida nimalar o‘zgarmoqda?
— Jurnalistika bir joyda töxtab turmaydi. Men bugun monografiya yozgan bölsam-u, bir yildan keyin kimdir «Beruniy, kitobing allaqaçon eskiribdi», desa xafa bölmayman. Nima uçun? Çunki media doim özgaradi. Faqat texnologiyalar emas, axborotni yetkaziş usullari ham.
An’anaviy janrlarimiz – oçerk, felyeton yodingizdami? Jurnalistikaning klassik janrlari. Hozir ularni qayerda körasiz? Bugun qisqa yangiliklar, rilslar va boşqa formatlar köp. Şuning uçun universitetlar jurnalistlarni nafaqat yangi texnologiyalar bilan işlaşga, balki tanqidiy fikrlaşga ham örgatişi kerak.
Nega bunga alohida urğu beryapman? Biz 35 yil oldin öqiganimizda «faktçeking» degan sözni işlatmasdik. Hozir esa bu jurnalist uçun eng muhim könikmalardan biri. Multimedialilik, storitelling, sun’iy intellekt bilan işlaş – bularning barchasi kerak. Lekin texnologiyalardan foydalaniş uçun javobgarlik jurnalistning özida qoladi.
Oddiy öquvçini siz sun’iy intellektdan foydalandingizmi yoki yöqmi, bu qiziqtirmaydi. U sizga işonişi kerak. U sizga işongani uçun ham öqiydi. Tuşunyapsizmi? Aytgança, yaqinda Farğonadan bir hamkasbim qönğiroq qildi. «Beruniy, maqola yozdim. Lekin matnning rosa yarmini sun’iy intellekt tayyorlab berdi. Endi ötirib, unga kimning familiyasini yozsam ekan, deb öylayapman», deydi.
Men unga: «Albatta, öz familiyangni yozasan. Axir bu material uçun sen javob berasan. Lekin uni tayyorlaşda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanganingni halol aytişing mumkin», dedim. Çunki bu öquvçiga hurmat masalasi ham. Agar bu haqda oçiq aytsangiz, öylaymanki, auditoriya buni töğri qabul qiladi.
Ammo suratlar va illyustratsiyalargaça hammasini maşina tayyorlagan bölsa-yu, siz «Bularning yuz foiz muallifi menman», desangiz, bu endi boşqa masala. Buning ustiga texnologiyalar rivojlanmoqda. Esingizdami, yaqin-yaqingacha sun’iy intellekt yaratgan rasmlarni qanday ajratardik? Qayerdadir odamning oltita barmоği bölardi, qayerdadir yuz tuzilişi buzilgan bölardi. Hozir esa sifat oşyapti. Menimça, bir yildan keyin sun’iy yaratilgan surat yoki videoni haqiqiysidan ajratiş yanada qiyinlaşadi.
Jurnalistning xolisligi — uning noni
— Ilgari jurnalist xatoga yöl qöysa, muharrir undan «Nega tekşirmading? Nega notöğri hisoblading?» deb sörardi. Jurnalist ham qayerda xato qilganini tuşunardi. Hozir esa juda qulay javob paydo bölgan: «Men sun’iy intellektga işongandim». Talabalaringizda öz işi natijasi uçun javobgarlik hissini qanday şakllantirasiz?
— Menimça, javobgarlik juda oddiy bir haqiqatni anglaşdan boşlanadi: jurnalist e’lon qilingan material uçun, uni tayyorlaşda kim yoki nima yordam berganidan qat’i nazar, özi javob beradi.
Mayli, u sun’iy intellekt yordamida infografika tayyorlagan bölsin yoki katta hajmdagi ma’lumotlardan qandaydir xulosalar olgan bölsin.
Masalan, uning qölida 700 sahifa statistik ma’lumot bor. U matematik emas. Men ham, masalan, matematik emasman va hamma raqamlarni mustaqil tahlil qila olmayman. Sun’iy intellekt işlab çiqariş ösyaptimi yoki pasayyaptimi, qanday özgarişlar bölayotganini aniqlab berişi mumkin.
Lekin jurnalist bu xulosalarni e’lon qilarkan, efirga yoki gazetaga çiqarayotgan axboroti uçun javobgarlikni öz zimmasiga oladi. Buni tuşuniş kerak.
— Aynan şu javobgarlikni talabalarga qanday singdirasiz? Ularga nima deysiz?
— Jurnalistning xolisligi – uning noni. Çunki hozir Özbekistonda juda köp ommaviy axborot vositalari bor. Lekin öquvçi biror naşrga bölgan işonçini bir marta yöqotsa, qaytib unga murojaat qilmaydi. Tuşunyapsizmi? Şuning uçun har bir jurnalist bu mas’uliyatni oldindan his qilişi kerak.
Sun’iy intellekt sizning örningizga mahallaga bormaydi
— Ammo sun’iy intellekt kirib kelişi bilan jurnalist mehnatining qadrsizlanayotganini ham köryapmiz. Töğri, iş tezlaşdi. Biroq endi jurnalistning mehnatiga munosabat ham özgardi. Bugun jurnalist qiziqarli va talabgir bölib qoliş uçun nima qilişi, qanday formatlardan foydalanişi kerak?
— Afsuski, bu fikringizga qöşilaman. Sun’iy intellekt kirib kelişi bilan jurnalistikaning klassik körinişi qadrsizlanmoqda. Lekin jurnalist talabgir bölib qoliş uçun algoritm tayyor holda bera olmaydigan narsalarni taklif qilişi kerak. Bular nima? Eksklyuziv faktlar. Sun’iy intellekt sizga ularni topib bermaydi. Öz kuzatuvlaringiz. Masalan, qayergadir bordingiz, öz közingiz bilan kördingiz, intervyu oldingiz. Sun’iy intellekt bularni sizning örningizga bajarmaydi.
Insonlarning haqiqiy hayotiy hikoyalarini ham u yarata olmaydi. Yaratgan taqdirda ham, bu töqima hikoya böladi. Siz esa inson bilan suhbatlaşasiz, uning haqiqiy hikoyasini yozib olasiz, taqdiri haqida hikoya qilasiz. Mana şu jurnalistika! Yoki çuqur tahlilni olaylik. Menimça, haqiqiy çuqur tahlilni faqat inson qila oladi. Albatta, auditoriya işonçi ham muhim.
Hozir öquvçidan «Siz kimga köproq işonasiz – jurnalistgami yoki sun’iy intellektgami?» deb sörasak, öylaymanki, u jurnalistni tanlaydi. Nima uçun? Çunki jonli muloqotni, jurnalist sözining kuçini hali heç kim bekor qilgani yöq. Tuşunyapsizmi? Biz hali kuçlimiz!
Men jurnalistika bundan keyin ham talabgir bölib qolişiga umid qilaman. Hozir köpçilik, jumladan, xorijda ham professional jurnalistika tez orada yöqolişi mumkinligini aytmoqda. Men bunga işonmayman. Çunki haqiqiy jurnalistika – odamlаrning oldiga boriş degani. Mahallaga borasiz, zavodga borasiz, universitetga borasiz. Mana, hozir biz siz bilan suhbatlaşib ötiribmiz. Sun’iy intellekt buni qilolmaydi. Şuning uçun men jurnalistikaning kelajagiga katta umid bilan qarayman.
Xodimlarni işdan böşatişga doim ulguramiz
— Sun’iy intellektni «yaratuvchan yemiriliş» nuqtasi deb ataş mumkinmi? Ya’ni eski kasbiy modellar yöqolib, örniga yangilari kelmoqda. Xuddi sanoat inqilobi davrida qöl mehnati örnini dastgohlar egallagani kabi. Hozir jurnalistikada ham şu jarayon keçyaptimi?
— Albatta, sun’iy intellektni «yaratuvchan yemirilish» nuqtasi deb ataş mumkin. U odatiy kasbiy modellarni özgartirmoqda. Faqat jurnalistikada emas, boşqa sohalarda ham. Şu bilan birga, jurnalistikaning yangi şakllari paydo bölişi uçun imkoniyatlar oçmoqda.
Lekin sizga bir voqeani aytib beray. Yaqinda bir taşkilotda böldim. U yerda 30 nafar odam işlaydi, oylik oladi. Ular menga: «Bugun heç narsa qila olmaymiz», deyişdi. «Nega endi?» deb söradim. «Çunki hisobçi sun’iy intellekt uçun tölov qilmagan», deb javob berişdi. Bu qanaqasi?! Odamlar ötiribdi, heç narsa qilmayapti. Bu axir insofdan emas-ku! Tuşunyapsizmi? Demak, biz texnologiyalarga şu qadar boğlanib qoldikki, obuna bölmasa, işlay olmaymizmi?
Men ayrim taşkilotlarda xodimlarni sun’iy intellekt bilan qanday almaştiriş mumkinligi haqida takliflar işlab çiqadigan maxsus bölinmalar borligini aniq bilaman. Buni menga aytişgan. Lekin men bunday tavakkal qilmagan bölardim. Ştatlarni qisqartirişga hali ulguramiz.
Hamma narsani bu qadar tez özgartiriş kerak emas. Sun’iy intellektga töliq işonib bölmaydi. Ehtiyotkorlik bilan iş tutiş kerak.
— Demak, sizningça, xodimlar böyiça keskin qarorlar qabul qilişga hali ertami?
— Albatta! İşdan böşatişga doim ulguramiz. Tasavvur qiling, bir taşkilotda 50 kişi işlaydi. Rahbariyat esa: «Böldi, bugun önta xodimni işdan böşatamiz, çunki endi bizda sun’iy intellekt bor», deydi.
Bunday bölişi mumkin emas. Tarix bizni keçirmaydi. Tuşunaman, insoniyat sivilizatsiyasi tarixiga qarasak, bir davr örnini boşqasi egallagan. Feodalizm, sanoat davri, endi esa axborot davri. Biz siz bilan ramziy ma’noda axborot asri deb atalgan XXI asrda yaşayapmiz. Ammo mana şu axborotning özi deyarli hamma narsani iç-içidan yeb bitiryapti!
Asrning atigi çorak qismini yaşab ötdik. Oldinda yana 75 yil bor. Agar bugunning özida sun’iy intellektni har doim ham nazorat qila olmayotgan bölsak, asr oxirigaça qanday yetib boramiz? Bu axir qörqinçli! Masalan, yaqinda Avstraliyada bir voqea böldi. Sun’iy intellekt agenti tibbiy statistika bilan boğliq davlat muassasasi saytiga ruxsatsiz kiriş imkoniyatini qölga kiritgan.
Keyin bu masala yuzasidan Avstraliya boş vaziri ham çiqiş qildi. Texnologiyani işlab çiqqan OpenAI kompaniyasining javobgarligi masalasi ham muhokama qilindi. Kompaniya esa bunday harakatlar rejalashtirilmaganini tuşuntirdi. Mana köring, işlab çiquvçilarning özlari tizim bunday harakat qilişini kutmaganliklarini aytişyapti.
Xöş, keyin nima böladi? Menimça, 2027-yilda bunday holatlar yanada köpayişi mumkin. Sun’iy intellekt agentlarining roli ham ortadi. Bilasizmi, men ilgari taxminan 2050-yillarda superintellekt paydo böladi, deb prognoz qilgandim. Endi esa texnologiyalar qançalik tez rivojlanayotganiga qarab, biz unga öylaganimizdan ham yaqinroq ekanimizni his qilyapman. Bu menda bir vaqtning özida ham optimizm, ham xavotir uyğotmoqda.
Menimça, hamma narsani kör-körona tezlaştiriş kerak emas. Ehtiyotkorlik, nazorat va oqibatlarni anglaş zarur.
Jurnalistika yaşab qoladi
— Şunday bölsa-da, jurnalistikaning kelajagi qanday böladi? Yaqin yillar uçun prognozingiz qanday?
— Jurnalistika baribir saqlanib qoladi. Çunki odamlarga odamlar qiziq. Kursiv’ning oddiy öquvçisiga boşqa insonlarning taqdiri, ularning haqiqiy hayotiy hikoyalari qiziq. Hozir Özbekistonda, özining yon-atrofida yaşayotgan insonlarning hikoyalari. Sun’iy intellekt esa buni mustaqil ravishda bajara olmaydi. U odamning oldiga bormaydi, u bilan suhbatlaşmaydi, hayoti haqida heç narsa bilib kelmaydi.
Albatta, texnologiyalar rivojlanişda davom etadi. Siz hozirning özidayoq sun’iy intellekt agentingizga: «Har kuni ertalab soat töqqizda menga hisobot tayyorlab ber», deyişingiz mumkin. U buni bajaradi. Qarang, bugun sun’iy intellekt hamma joyda – tibbiyotda, biznesda, siyosatda. Texnologiyalar biz hatto tasavvur qilmagan sohalarga ham kirib bordi. Lekin biz sun’iy intellektga faqat texnologiya sifatida qaramasligimiz kerak. Unga axloqiy me’yorlar nuqtayi nazaridan ham baho berişimiz lozim. Çunki axborot sohasida axloqiy tamoyillar bölmasa, insoniyat umuman hamma narsani yöqotişi mumkin.