Mirziyoyev: Özbekiston sportçilari sönggi 10 yilda 5,5 mingdan ortiq medallar qölga kiritdi

eʼlon qilindi
3,5 mingdan ziyod yoşlar olimpiya va paralimpiya yönalişidagi 26 ta sport turi böyiça kuç sinaşadi
Foto: prezident matbuot xizmati

Şavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni ikkinçi bor ötkazilayotgan prezident Olimpiadasining oçiliş marosimida iştirok etdi. Davlat rahbari sportçi yoşlar, murabbiylar va sport sohasi vakillarini musobaqa boşlanişi bilan tabrikladi.

Bu yilgi musobaqalarda Özbekistonning turli hududlaridan kelgan 3,5 mingdan ziyod yoşlar olimpiya va paralimpiya yönalişidagi 26 ta sport turi böyiça kuç sinaşadi. Sportçilarga 1,5 ming murabbiy hamrohlik qilmoqda.

«Har biringiz bu maydonga öz orzuyingiz, öz maqsadingiz, eng asosiysi, ğalabaga bölgan katta işonçingiz bilan kelgansiz», – dedi prezident sportçilarga murojaatida.

Davlat rahbari musobaqalarda qatnaşayotgan yoşlar orasidan kelajakda xalqaro maydonlarda muvaffaqiyat qozonadigan çempionlar va rekordçilar yetişib çiqişiga işonç bildirdi.

Mirziyoyevning ta’kidlaşiça, sönggi yillarda Özbekistonda ommaviy sportdan professional sportgaça, iqtidorli yoşlarni saralaşdan xalqaro musobaqalarga tayyorlaşgaça bölgan yaxlit tizim yaratilgan.

«Bu işlarning zamirida farzandlarimizni soğlom, irodali va mustaqil fikrlaydigan inson etib tarbiyalaşga bölgan intilişimiz mujassam», – dedi davlat rahbari.

Prezident keltirgan ma’lumotlarga köra, ötgan ön yilda Özbekiston sportçilari yirik xalqaro musobaqalarda jami 5 518 ta medalni qölga kiritgan. Şundan 1 675 tasi oltin medaldir.

Oltin medallar soni avvalgi ön yillikka nisbatan uç baravar köpaygan. Qölga kiritilgan medallarning uçdan bir qismi sportçi qizlar hissasiga töğri keladi.

Şuningdek, yaqinda Samarqandda ötkazilgan Butunjahon şaxmat olimpiadasida Özbekiston erkaklar terma jamoasining ikkinçi bor ğolib bölişi mamlakat şaxmati tarixidagi muhim voqealardan biri sifatida qayd etildi.

Avvalroq  Şavkat Mirziyoyev Garvard tibbiyot maktabi bilan hamkorlik qilayotgan mutaxassis Nilufar Qahhorovaga Soğliqni saqlaş vaziri maslahatchisi lavozimini taklif qilgandi.

Shuningdek