Prezident Olimpiadasi ğoliblari 25 million sömgacha mukofot oladi

eʼlon qilindi
Ikkinçi örin uçun 12 million söm
Foto: prezident matbuot xizmati

Özbekistonda Prezident Olimpiadasi ğolib va sovrindorlari uçun pul mukofotlari kelasi yildan 2,5 barobarga oşiriladi. Yangi tartibga köra, birinçi örin sohiblariga 25 million söm, ikkinçi örin uçun 12 million söm, uçinçi örin egalariga esa 6 million söm beriladi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni Olimpiya şaharçasida Prezident Olimpiadasining oçiliş marosimida ma’lum qildi.

Ğoliblarga stipendiya va imtihonsiz öqiş imkoniyati beriladi

Yangi tartibga muvofiq, Prezident Olimpiadasida ğolib bölib, Özbekiston rekordini yangilagan maktab bitiruvçilari oliy ta’lim muassasalarining sport yönalişlariga imtihonlarsiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.

Şuningdek, 2027-yildan boshlab musobaqa ğoliblariga bir yil davomida stipendiya tölaş yölga qöyiladi. Bu sport bilan şug‘ullanayotgan yoşlarni qöllab-quvvatlaş va ularning professional rivojlanishi uçun qöşimça imkoniyat yaratadi.

Olimpiada 35 ta sport turini qamrab oladi

Prezident Olimpiadasi dasturidagi sport turlari soni 35 taga yetkaziladi. Musobaqa iştirokçilarining yoş toifasi ham kengaytirilib, unda 14 – 17 yoşdagi öquvçilar qatnaşişi belgilanmoqda.

Bundan taşqari, har yili olimpiada ğoliblaridan 50 nafari xorijdagi xalqaro öquv-maşğulot yiğinlariga yuboriladi. Öz yönalişida eng yaxşi natijaga erişgan sport maktabi esa zarur jihozlar bilan ta’minlanadi.

Olimpiya şon-şuhrati muzeyi köçiriladi

Tadbirda poytaxtdagi Olimpiya şon-şuhrati muzeyini Olimpiya şaharçasiga köçiriş ham nazarda tutilgani ma’lum qilindi.

Prezident Olimpiadasi Özbekistonda ilk bor 2025-yilda taşkil etilgan. Musobaqani har yili ötkaziş belgilangan.

Avvalroq davlat rahbari sportçi yoşlar, murabbiylar va sport sohasi vakillarini musobaqa boşlanişi bilan tabriklagandi.

Shuningdek