Prezident Olimpiadasi 35 ta sport turini qamrab oladi

Özbekistonda Prezident Olimpiadasidagi sport turlari soni 35 taga yetkaziladi. Musobaqada 14 – 17 yoşdagi öquvçilar qatnaşadi. Har yili 50 nafar ğolib xorijdagi xalqaro yiğinlarga yuboriladi, kelasi yildan esa ğoliblarga bir yillik stipendiya beriladi.
Sportçilarga qanday imkoniyatlar yaratiladi?
Öz yönalişida eng yaxşi natijaga erişgan sport maktabi zarur jihozlar bilan ta’minlanadi. Şuningdek, olimpiada ğoliblarini xorijdagi xalqaro yiğinlarga yuborish yölga qöyiladi.
Poytaxtdagi Olimpiya şon-şuhrati muzeyi ham Olimpiya şaharçasiga köçiriladi. Bu yoş sportçilarga Özbekiston çempionlarining tarixi va yutuqlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
Prezident musobaqani oçiq deb e’lon qildi
Şavkat Mirziyoyev yoşlarni yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanişga, tinimsiz izlaniş, qat’iy intizom va bilim orqali natijaga erişişga çaqirdi.
«Musobaqa maydonida munosib raqib, hayotda esa yaxşi döst böling», – dedi prezident.
Şundan söng u 2026-yilgi Prezident Olimpiadasini oçiq deb e’lon qildi.
«Olg‘a, Yangi Özbekiston! Olg‘a, Özbekiston yoşlari! Olg‘a, özbek xalqi!» – deya sözini yakunladi davlat rahbari.
Avvalroq Özbekistonda Prezident Olimpiadasi ğolib va sovrindorlari uçun pul mukofotlari birinçi örin sohiblariga 25 million söm, ikkinçi örin uçun 12 million söm, uçinçi örin egalariga esa 6 million söm ekani haqida xabar berilgandi.