Qor va yomğir yoğadi: 28-oktabr uçun ob-havo prognozi

28-oktabr kuni Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin. Toğli joylarda esa yoğingarçilik qorga aylanişi ehtimoli bor. Bu haqda Özgidromet ma’lum qildi.
Toşkentda 20 darajagaça iliq böladi
Toşkent şahrida havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat keçasi 8–10 daraja, kunduzi esa 18–20 daraja iliq bölişi kutilmoqda.
Ayrim viloyatlarda yomğir yoğişi mumkin
Toşkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarining ayrim joylarida yomğir yoğişi mumkin. Şamol şarqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat keçasi 5–10 daraja, kunduzi 17–22 daraja iliq böladi.
Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham ayrim joylarda yomğir kutilmoqda. Keçasi havo 5–10 daraja, kunduzi 18–23 daraja iliq böladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida keçasi va ertalab ayrim joylarda yomğir yoğişi mumkin. Harorat keçasi 2–7 daraja iliq, çöl hududlarining ayrim joylarida 2 darajagaça sovuq böladi. Kunduzi esa 15–20 daraja iliq bölişi kutilmoqda.
Qoraqalpoğiston va Xorazmda sovuqroq böladi
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat keçasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqaça, kunduzi 12–17 daraja iliq böladi.
Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida ham yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi 3–8 daraja, kunduzi 17–22 daraja iliq böladi.
Toğlarda qor yoğişi mumkin
Respublikaning toğli hududlarida ayrim joylarda yomğir yoğib, baland toğlarda qorga aylanişi mumkin.
Harorat keçasi 0–5 daraja iliq, ayrim joylarda 3 darajagaça sovuq, kunduzi esa 10–15 daraja iliq bölişi prognoz qilinmoqda.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» 27-oktabr kuni qanday ob-havo kuzatilişi haqida yozgan edi.