Tailand bilan vizasiz tartib böyiça muzokaralar boşlangan — TIV

Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Kursiv Uzbekistan’ga Tailand tomoni bilan özbekistonliklar uçun viza tartibini yengillaştiriş böyiça muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi. Bu Tailand Turizm va sport vazirligi Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejim joriy etişni taklif qilmoqçi ekani haqidagi xabarlar fonida bildirildi.
«Muzokaralarni yangi viza tartibidan söng boşlaganmiz»
Vazirlik Özbekiston fuqarolari uçun Tailandga kirişning yangi viza tartibi joriy etilganidan keyinoq Tailand tomoni bilan muzokaralar boşlanganini bildirdi.
«Biz Özbekiston fuqarolari uçun yangi viza tartibi joriy etilişi bilanoq Tailand tomoni bilan muzokaralarni boşladik», – deyiladi TIV javobida.
Şuningdek, mazkur masala böyiça Tailand Taşqi işlar vazirligi bilan navbatdagi muzokaralar ham rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
Tailand 15 kunlik vizasiz rejimni taklif etmoqçi
Tailandning The Nation naşri xabariga köra, mamlakat Turizm va sport vazirligi Özbekiston, Kolumbiya va Meksika fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz kiriş tartibini joriy etiş taklifini tayyorlamoqda.
Taklif 9-noyabr kuni Tailandning Viza siyosati qömitasi yiğilişida körib çiqilişi rejalashtirilgan. Hozirça vizasiz rejim küçga kirgani yöq – yakuniy qaror qömita tomonidan qabul qilinişi kerak.
Özbekistonlik sayyohlar uçun viza oliş qiyinlaşgan
The Nation ma’lumotiga köra, yangi tartib joriy etilganidan söng özbekistonlik sayyohlar elektron viza olişda murakkabliklarga duç kelgan. Arizalarning Rossiyadagi Tailand elçixonasi orqali körib çiqilişi sayohatlarni rejalashtirişni qiyinlaştirgan.
Naşr ayrim turistik kompaniyalar şu sabab Tailandga turlarni bekor qilib, mijozlarga Vyetnam kabi muqobil yönalişlarni taklif qilganini yozdi.
Agar 15 kunlik vizasiz rejim ma’qullansa, özbekistonlik sayyohlar Tailandga qisqa muddatli safarlar uçun oldindan viza rasmiylaştirmasdan kirişi mumkin böladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq ayrim Hindiston fuqarolari Özbekistonga 30 kungaça vizasiz kira olişi haqida xabar berilgandi.