Isroilda parlament saylovlarida ovoz beriş yakunlandi

eʼlon qilindi
Netanyahu partiyasi saylovda yetakçi, ammo köpçilikka ega emas
Foto: depositphotos.com

Isroilda parlament saylovlarida ovoz beriş yakunlandi. Dastlabki natijalarga köra, boş vazir Binyamin Netanyahuning «Likud» partiyasi yetakçilik qilmoqda, biroq uning ittifoqçilari bilan birga hukumat tuziş uçun zarur 61 öringa hozirça erişa olmayapti.

Ovozlarni sanaş davom etmoqda

Isroilda 26-Knessetga saylov 2026-yil 27-oktabr kuni ötkazildi. Bu sanani mamlakatning Markaziy saylov komissiyasi rasman belgilagan. 28-oktabr tongida saylov uçastkalarining qariyb 42 foizidagi byulletenlar sanab bölingan edi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, 41,9% saylov qutilari sanalganda Netanyahu bloki Knessetdagi 120 o‘rindan 57 tasiga, unga qarshi blok 47 tasiga, arab partiyalari esa 16 mandatga ega bo‘layotgan edi. «Likud» esa alohida partiyalar orasida eng köp mandat olayotgan siyosiy kuç bölib qolmoqda. Avvalroq e’lon qilingan natijalarda unga 29 örin berilayotgani körsatilgan edi.

Hukumat tuziş uçun 61 mandat kerak

Isroil parlamenti – Knesset 120 deputatdan iborat. Hukumatni barqaror koalitsiya asosida tuziş uçun kamida 61 deputatning qöllab-quvvatlovi talab etiladi. Şu sabab Netanyahu bloki saylov natijalarida oldinda bölsa ham, hozirgi hisobda mustaqil ravishda hukumat tuziş uçun yetarli öringa ega emas.

Muxolifatdagi asosiy kuçlardan biriga sobiq Boş ştab boşliği Gadi Ayzenkot rahbarlik qilmoqda. Exit-poll natijalari ham ikki asosiy blok örtasida katta farq yöqligini körsatgan. Reuters ma’lumotiga köra, turli telekanallarning sörovlarida har ikki tomon taxminan 51-52 mandat atrofida natija qayd etgan.

Yakuniy natijalar hali e’lon qilinmagan

Isroil Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi natijalar yakuniy emas. Yakuniy natijalar 4-noyabrgacha rasman e’lon qilinadi va ungaça ko‘rsatkiçlar o‘zgarishi mumkin.

Yakuniy natijalar e’lon qilingandan söng prezident Isaak Gersog parlamentdagi partiyalar bilan maslahatlaşib, hukumat tuziş imkoniyati eng yuqori deb hisoblangan Knesset a’zosiga koalitsiya şakllantiriş vazifasini beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQŞ prezidenti Donald Tramp Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuga işoniş-işonmasligi haqidagi savolga siyosatda heç kimga işonmasligini aytib javob bergani haqida yozgan edi.

Shuningdek