Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 10 mingdan oşdi

Kongoda Ebola epidemiyasi davom etmoqda. Mamlakat soğliqni saqlaş institutining sönggi ma’lumotlariga köra, kasallanganlar soni 10 060 nafarga, vafot etganlar esa 4 887 nafarga yetdi.
Bu Kongo tarixidagi eng oğir Ebola epidemiyasi
Hozirgi epidemiya 2026-yil may oyining örtalarida boşlangan. Reuters ma’lumotiga köra, u allaqaçon Kongo tarixidagi eng yirik va eng köp qurbon keltirgan Ebola epidemiyasiga aylangan.
JSST 20-oktabr holatiga 9 704 ta tasdiqlangan holat va 4 687 ta ölim qayd etilganini bildirgan edi. Kasallik sakkizta provinsiyadagi 66 ta soğliqni saqlaş hududiga tarqalgan.
Hozirgi epidemiya kölami böyiça faqat 2014 – 2016-yillardagi Ğarbiy Afrika epidemiyasidan ortda qolmoqda. Öşa davrda 28,6 mingdan ortiq odamlar kasallangan va 11 mingdan ziyod kişilar vafot etgan.
Epidemiya Kongo çegaralaridan taşqariga ham çiqdi
Keniyada oktabr boşida mamlakatdagi ilk Ebola holati qayd etildi. Keyinçalik jami töqqizta holat aniqlangan. Birinçi bemor Kongodan Uganda orqali Nayrobiga kelgan va keyinçalik vafot etgan.
Nigeriya ham Ebola holatini qayd etgan Afrika davlatlaridan biriga aylandi. U yerda Şveysariya diplomati rafiqasida kasallik aniqlangan. Ayolning Kongoga bormagani ma’lum bölgan, mutaxassislar u virusni Ugandada yuqtirgan bölişi mumkinligini tekşirmoqda.
Ayol va uning turmuş örtoği maxsus reys bilan Şveysariyaga olib ketilgan. Bemor davolanmoqda, eri esa karantinda qolmoqda.
Ölim darajasi yuqori qolmoqda
JSST ma’lumotlariga köra, 20-oktabr holatida tasdiqlangan holatlar orasidagi ölim körsatkiçi 48,3 foizni taşkil etgan. Taşkilot, ayniqsa, bemorlarning keç aniqlanişi va ayrim hududlarda tibbiy yordamga öz vaqtida murojaat qilinmayotganini asosiy muammolardan biri sifatida qayd etmoqda.
24-oktabrga kelib esa Kongoda tasdiqlangan holatlar soni 9 964 taga, vafot etganlar soni 4 841 nafarga yetgan edi. Oradan bir neça kun ötib kasallanganlar soni 10 minglik çegaradan oşdi.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Nigeriyada ilk Ebola holati aniqlangani haqida yozgan edi.