Uzcard va Humo kartalari tez orada Apple Pay’ga ulanadi

eʼlon qilindi
Uzcard va Humo kartalari tez orada Apple Pay’ga ulanadi
Foto: depositphotos

Özbekistonda mahalliy tölov tizimlari – Uzcard va Humo kartalarini Apple Pay xizmatiga ulaş böyiça işlar davom etmoqda. Markaziy bank bu imkoniyat yaqin vaqt içida taqdim etilişini ma’lum qildi.

Apple Pay Özbekistonda 27-oktabrdan rasman işga tuşirilgan. Hozirça xizmatga ayrim banklar çiqargan Visa va Mastercard kartalarini ulaş mumkin.

Uzcard va Humo böyiça texnik işlar davom etmoqda

Markaziy bank ma’lumotiga köra, mahalliy tölov tizimlari kartalarini Apple Pay bilan integratsiya qiliş ustida tegişli işlar olib borilmoqda.

«Mahalliy tölov tizimlari – Uzcard va Humo kartalarini Apple Pay xizmatiga ulaş böyiça tegişli işlar davom ettirilmoqda va ularni xizmatga ulaş imkoniyati tez orada taqdim etiladi», – deyiladi regulyator xabarida.

Aniq işga tuşiriş sanasi hozirça e’lon qilinmagan.

Qaysi bank kartalarini hozir ulaş mumkin

Ayni paytda Apple Pay’ga Uzum’ning Visa kartalari, Orient Finans Bank, Özbekiston Milliy banki, Kapitalbank, Ipak Yöli bank, TBC Bank va Octobank’ning Visa hamda Mastercard kartalarini ulaş mumkin.

Hamkorbank mijozlari esa hozirça bankning Visa kartalaridan foydalanişi mumkin.

Markaziy bank xizmat qamrovi banklar va tölov tizimlarining texnik tayyorgarligiga qarab bosqiçma-bosqiç kengaytirilişini bildirgan.

Apple Pay qanday işlaydi

Apple Pay foydalanuvçilarga bank kartalarini Apple Wallet ilovasiga qöşib, iPhone, Apple Watç va boşqa mos Apple qurilmalari orqali kontaktsiz tölovlarni amalga oşiriş imkonini beradi.

Uzcard va Humo integratsiyasi işga tuşirilgaç, mahalliy kartalar egalari ham Apple qurilmalaridan töğridan töğri tölov qiliş imkoniyatiga ega böladi.

Avvalroq «Kursiv» Google Pay qaysi bank kartalari ulanayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek