Pokiston kompaniyasi Yangi Toşkentda uy-joy majmualarini qurişi mumkin

eʼlon qilindi
Yangi Toşkent loyihasi taqdim etildi
Pokiston kompaniyasi Yangi Toşkentda uy-joy majmualarini qurişi mumkin
Foto: Izhar Group of companies

Pokistonning Izhar Group kompaniyasi Yangi Toşkent hududida zamonaviy turar joy majmualarini quriş imkoniyatlarini örganmoqda. Bu masala Özbekiston elçisi Alişer Töxtayev va kompaniya rahbari Umar Izhar örtasidagi muzokarada muhokama qilindi, deb xabar berdi «Dunyo».

Uçraşuvda Yangi Toşkent şahrini barpo etiş loyihasi va undagi investitsiya imkoniyatlari taqdim qilindi.

Ma’lumotga köra, Yangi Toşkent loyihasining umumiy maydoni 20 ming gektarni taşkil etadi. Birinçi bosqiçda 6 ming gektar hududni özlaştiriş hamda qariyb $50 mlrdlik loyihalarni amalga oşiriş rejalashtirilgan.

Kompaniya kottej va villalar qurişga qiziqmoqda

Umar Izhar kompaniyaning developerlik sohasidagi tajribasi haqida ma’lumot berib, kottej va villalardan iborat zamonaviy turar joy majmualarini qurişga alohida e’tibor qaratişini bildirdi.

Tomonlar kompaniyaning Turkiya va boşqa davlatlarda orttirgan tajribasini Yangi Toşkentda qöllaş imkoniyatlarini ham muhokama qildi.

Yer xarajatlarini kamaytiriş mexanizmlari körib çiqildi

Muzokarada investorning loyiha boşida yer sotib oliş uçun katta mablağ sarflaşi zaruratini kamaytiruvçi mexanizmlar muhokama qilindi.

Umar Izharning fikriça, bunday yondaşuv quriliş işlarini tezroq boşlaş, loyihalarni bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş va investitsiya mablağlaridan samarali foydalaniş imkonini beriçi mumkin.

Soliq, ipoteka va lizing masalalari ham muhokama qilindi

Tomonlar investitsiya loyihalariga oid texnik va huquqiy talablar, moliyalaştiriş, soliqqa tortiş, yer uçastkalarini ajratiş, ipoteka va lizing imkoniyatlari böyiça ham fikr almaşdi.

Muzokaralar yakunida Izhar Group delegatsiyasining Özbekistonga taşrifini taşkil etiş hamda tegişli vazirlik va idoralar bilan uçraşuvlar ötkazişga kelişildi.

Izhar Group haqida

Izhar Group 1959-yilda taşkil etilgan Pokiston kompaniyalar guruhi. U quriliş, EPC-pudrat, metall konstruksiyalar, temir-beton mahsulotlari, muhandislik tizimlari hamda turar joy va sanoat obyektlarini quriş sohalarida faoliyat yuritadi.

Kompaniya Pokistonda sement va mineral öğit zavodlari, energetika obyektlari, aeroportlar, töğonlar, şifoxonalar, sanoat va tijorat obyektlari qurilişida qatnaşgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Pokiston Özbekistonga Best Western mehmonxona brendini olib kirmoqçiligi ma’lum qilingandi. Unga köra, Pokistonning Khan International Investment Consortium kompaniyasi O‘zbekistonda mehmonxona biznesi, ko‘chmas mulk va turarjoy majmualari yo‘nalishlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. 

Shuningdek