Dubayda 24 karatli oltin yölak quriladi

Dubayda 24 karatli oltin bilan qoplangan piyodalar yölagini 2026-yil oxirigaça oçiş rejalaştirilmoqda. Loyiha Gold District savdo hududida amalga oşiriladi. Bu haqda Emirates 24|7 naşri xabar berdi.
Yölak yil oxirigaça oçilişi kutilmoqda
Loyiha Dubaydagi Gold District hududining oltin va zargarlik buyumlari savdosi markazi sifatidagi mavqeyini mustahkamlaşga qaratilgan. Taşabbus doirasida 24 karatli oltin işlatiladigan piyodalar yölagi barpo etilişi közda tutilgan.
Emirates 24|7 xabariga köra, Gold District tijorat böyiça direktori Raşid Al Harmoudi yölak 2026-yil oxirigaça oçilişi rejalaştirilayotganini bildirgan. Loyiha dunyodagi ilk va eng uzun oltin yölak sifatida taqdim etilmoqda. Biroq uning qurilişida sof oltin qanday şaklda va qança miqdorda işlatilişi haqida batafsil texnik ma’lumot berilmagan.
Gold District oltin savdosi markazi sifatida rivojlantirilmoqda
Gold District Dubayning oltin va zargarlik buyumlari savdosiga ixtisoslaşgan hududlaridan biri hisoblanadi. Yangi loyiha hududni sayyohlar va xaridorlar uçun yanada jozibador qilişga qaratilgan.
Avvalroq Şahrisabzda $300 mlnlik kurort qurilişi haqida xabar berilgandi.