Toşkent va Farğonada 5 kgga yaqin gaşiş aniqlandi

eʼlon qilindi
Uçta holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari boşlangan
Andijonda 505 gramm gashishni Toshkentga olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi
Foto: Bojxona qo’mitasi

Davlat xavfsizlik xizmati Toşkent şahri va Farğona viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami qariyb 5 kg gaşiş va gaşiş moyi aniqlanganini ma’lum qildi. Uçta holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari boşlangan.

DXXning Toşkent şahar böyiça boşqarmasi va poytaxt IIBB xodimlari Yunusobod tumanida yaşovçi, 1993-yilda tuğilgan şaxsni tekşirgan.

Uning yonidan 257 gramm gaşiş moyi topilgan. Keyinçalik yaşaş manzilida ötkazilgan tekşiruvda yana 2 kg 831 gramm gaşiş moyi va elektron tarozi aniqlangan. DXX ma’lumotiga köra, mazkur şaxs internet narkodökonida işlagan.

Farğonada 982 gramm gaşiş musodara qilindi

Farğona viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda 1988-yilda tuğilgan şaxs qöşni davlatdan kontrabanda yoli bilan olib kelingan 982 gramm gaşişni $10 700 ga sotmoqçi bölgan vaqtda uşlangan.

Narkotik modda aşyoviy dalil sifatida olingan.

Yana bir şaxs 956 gramm gaşiş bilan uşlandi

Boşqa holatda Farğona şahrida yaşovçi, 1997-yilda tuğilgan fuqaro 956 gramm gaşişni xufiya joydan olib, uyiga qaytayotgan vaqtida uşlangan.

DXX ma’lumotiga köra, narkotik modda avvalroq narkokuryerlar tomonidan qoşni davlatdan kontrabanda yoli bilan olib kirilgan.

Hozirda uçala holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqandda 20 kgdan ortiq opiy kontrabandasi foş etilgandi. DXX ma’lumotiga köra, Fors körfazi mamlakatlaridan birining 1971-yilda tuğilgan fuqarosi şaxsi hozirça aniqlanayotgan qöşni davlat fuqarosi bilan til biriktirgan.

Shuningdek