Farğona va Toşkentda noqonuniy bosmaxonalar aniqlandi

Farğona viloyati va Toşkent şahrida kontrafakt diniy adabiyotlarni noqonuniy çop etiş bilan şuğullangan bosmaxonalar faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.
Tezkor tadbirlar davomida ön minglab tayyor va yarim tayyor kitoblar, bosma uskunalari hamda pirotexnika vositalari musodara qilingan.
Farğonada 17,5 mingdan ortiq kitob olindi
DXXning Farğona viloyati böyiça boşqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida Buvayda tumanida noqonuniy bosmaxona faoliyati aniqlangan.
Ma’lumotlarga köra, 1986-yilda tuğilgan fuqaro öz qarindoşlari bilan birgalikda tegişli litsenziya va ruxsatnomalarsiz diniy mazmundagi kitoblarni çop etiş bilan şuğullangan.
Tezkor tadbir davomida bosmaxonadan 17 579 dona tayyor kontrafakt kitob, şuningdek, 500 kg dan ortiq yarim tayyor kitob mahsulotlari topilgan.
Bundan taşqari, törtta bosma va yelimlaş uskunasi aşyoviy dalil sifatida olingan.
216 ming dona pirotexnika vositasi ham musodara qilindi
DXX ma’lumotiga köra, uşbu manzildan 216 ming dona pirotexnika vositasi ham aniqlanib, musodara qilingan.
Pirotexnika mahsulotlarining kelib çiqişi va qanday maqsadda saqlangani böyiça hozirça qöşimça ma’lumot berilmagan.
Toşkentda 8,5 mingdan ortiq kontrafakt adabiyot topildi
Şunga öxşaş holat Toşkent şahrining Yangihayot tumanida ham aniqlangan.
1981-yilda tuğilgan fuqaroga tegişli noqonuniy bosmaxonadan 8,5 mingdan ortiq kontrafakt diniy adabiyotlar protsessual tartibda olib qöyilgan.
Hozirda har ikki holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» «Xorazm suv ta’minoti» AJ inspektori pora bilan uşlangani haqida yozgan edi.