Ispaniyada ikki tezyurar poyezd töqnaşuvi oqibatida 46 kişi halok böldi

eʼlon qilindi
100–120 kişi jarohatlandi
Foto: reuters

Ispaniyaning markaziy qismidagi Toledo provinsiyasida ikki tezyurar poyezd töqnaşişi oqibatida kamida 46 kişi halok böldi, yana 100–120 kişi jarohatlandi. Hodisa 28-oktabr kuni Madrid va Sevilya örtasidagi temir yöl liniyasida yuz berdi. Bu haqda Sur in Engliş naşri xabar berdi.

Poyezdlardan biri ikkinçisining orqa qismiga urilgan

Dastlabki ma’lumotlarga köra, avariya Urda şaharçasi yaqinida, Madrid–Sevilya tezyurar temir yöl liniyasining 118-kilometrida sodir bölgan. Töqnaşuv mahalliy vaqt bilan taxminan soat 08:54 da yuz bergan.

Hodisa Renfe davlat temir yöl kompaniyasining AVE tezyurar poyezdi va xususiy Iryo kompaniyasiga tegişli poyezd iştirokida sodir bölgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, AVE poyezdi töxtab turgan Iryo poyezdining orqa qismiga urilgan.

Töqnaşuv oqibatida bir neçta vagon relsdan çiqib ketgan. Ayrim vagonlar temir yöl kötarmasidan pastga qulagan. Hodisa joyiga qutqaruvçilar, öt öçiruvçilar va tibbiyot xodimlari yuborilgan.

Temir yöl qatnovi töxtatildi

Ispaniya temir yöl infratuzilmasi operatori Adif Madrid va Andalusiya örtasidagi tezyurar temir yöl qatnovi töxtatilganini ma’lum qildi. Çeklov Madrid, Syudad-Real va Andalusiya yönalişlaridagi qatnovlarga ta’sir körsatdi.

Castilla-La Mança mintaqaviy hukumati avariya oqibatlarini bartaraf etiş uçun favqulodda vaziyat rejasini işga tuşirdi. Qutqaruv işlari davomida vagonlar içida qolgan yölovçilarni qidiriş va jabrlanganlarga yordam körsatişga alohida e’tibor qaratildi.

Ispaniya boş vaziri Pedro Sançez avariya munosabati bilan rejalaştirilgan tadbirlarini bekor qilib, vaziyatni kuzatişga kirişdi.

Avariya sabablari tekşirilmoqda

Hozirça poyezdlar nima sababdan töqnaşgani rasman aniqlanmagan. Tergov avariyaga olib kelgan holatlarni, jumladan, temir yöl harakatini boşqariş va xavfsizlik tizimlari faoliyatini örganmoqda.

Bu Ispaniyada 2026-yilda yuz bergan yirik temir yöl halokatlaridan biri böldi. Yanvar oyida mamlakat janubidagi Adamuz şahri yaqinida yuz bergan boşqa poyezd avariyasida ham 46 kişi halok bölgan edi.

Avvalroq Fransiyaning shimolida La-Mansh tunneli kirish qismi yaqinida mikroavtobus harakatsiz turgan yuk poyezdi bilan to‘qnashgandi.

Shuningdek