Xitoy TIV Mbappening harakatlariga munosabat bildirdi

eʼlon qilindi
Vazirlik bunday gaplar Xitoy jamiyatining keskin noroziligiga uçraşini bildirdi
Foto: WSJ

Xitoy Taşqi işlar vazirligi fransiyalik futbolçi Kilian Mbappening mamlakatning sobiq rahbari Mao Szedun haqidagi izohlarini tanqid qildi. Vazirlik bunday gaplar Xitoy jamiyatining keskin noroziligiga uçraşini bildirdi. Mojaro ortidan Xitoyning ikki yirik kompaniyasi futbolçi bilan hamkorlikni töxtatdi. Bu haqda RTHK xabar berdi.

Xitoyning ikki kompaniyasi Mbappe bilan hamkorlikni töxtatdi

Xitoy Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Guo Jiakun 27-oktabr kuni ötkazilgan brifingda mamlakat fuqarolarining his-tuyğularini kamsitadigan harakatlar jamiyatning birdek noroziligiga sabab bölişini aytdi.

«Xitoy xalqining his-tuyğulariga ozor beradigan söz va xatti-harakatlar Xitoy jamiyatining barça qatlamlari tomonidan birdek rad etiladi», — dedi u.

Xitoyning içimliklar işlab çiqaruvçi yirik Dongpeng kompaniyasi Mbappe bilan barça hamkorlikni darhol töxtatganini e’lon qildi. Kompaniya bayonotida milliy his-tuyğularni haqorat qilişga nisbatan murosasiz munosabatda ekanini bildirdi.

Mamlakatning eng yirik sut mahsulotlari işlab çiqaruvçisi Mengniu ham Real Madrid hujumçisi bilan hamkorlikni bekor qildi.

Mbappe Xitoy xalqidan uzr söradi

Mbappening Mao Szedun haqidagi izohlari Xitoyda norozilik uyğotdi. RTHK xabariga köra, futbolçi sobiq rahbarni masxara qilgandek taassurot qoldirgan fikrlarni bildirgan.

Mbappe 27-oktabr kuni e’lon qilgan bayonotida sözlari notöğri bölganini tan oldi va Xitoy xalqi hamda dunyo böylab xitoy jamoalaridan uzr söradi.

«Mening izohim öylamay aytilgan edi. Endi bu Xitoydagi va dunyoning boşqa joylaridagi köplab insonlarning his-tuyğulariga ozor berganini tuşunyapman. Sözlarimdan ranjigan barçadan uzr sö rayman», — dedi futbolçi.

U bu bilan heç kimni ranjitmoqçi bölmaganini, Xitoy xalqi va uning tarixiga hurmat bilan qaraşini qöşimça qildi.

Avvalroq Madridning «Real» futbol klubi hujumçi Kilyan Mbappening bahsli sözlari ortidan Xitoy xalqidan rasman uzr söragandi.

Shuningdek