Dollar «uçmoqda», Ijtimoiy reyestrdan çiqarilganlar, Sindarov ikkinçi örinda — 28-oktabr dayjesti

Kursiv Uzbekistan dayjesti
Dollar «uçmoqda»: 29-oktabr uçun valyutalar kursi e’lon qilindi

29-oktabr uçun valyutalar kursi yangilandi. Dollar 85,04 sömga oşib, 12 004,02 sömni taşkil etdi. Yangilangan kursni Markaziy bank öz saytida e’lon qildi.
Özbekistonda 440 mingta oila Ijtimoiy reyestrdan çiqarildi

2026-yilning dastlabki 9 oyida daromadi oşgan 440 mingta oila Ijtimoiy reyestrdan çiqarildi. Bu haqda joriy yil 28-oktabr kuni Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligining töqqiz oylik faoliyati yakunlariga bağişlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Isroilda parlament saylovlarida ovoz beriş yakunlandi

Isroilda parlament saylovlarida ovoz beriş yakunlandi. Dastlabki natijalarga köra, boş vazir Binyamin Netanyahuning «Likud» partiyasi yetakçilik qilmoqda, biroq uning ittifoqçilari bilan birga hukumat tuziş uçun zarur 61 öringa hozirça erişa olmayapti.
Özbekiston Iordaniyadagi terrorçilik hujumini qat’iy qoralaydi — TIV

Özbekiston Iordaniyaning Karak viloyatida sodir etilgan terrorçilik hujumini qat’iy qoralaydi. Bu haqda Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Iordaniya Boş vaziri örinbosari, taşqi işlar va ekspatriantlar masalalari vaziri Ayman Safadi bilan telefon orqali muloqotda ma’lum qildi.
Clutch Chess: Sindarov birinçi kundan söng ikkinçi örinda

AQŞning Sent-Luis şahrida ötayotgan Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turnirining birinçi kuni yakunlandi. Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov 3,5 oçko bilan ikkinçi örinni egallab turibdi.
Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining tarkibiga qaytdi

Portugaliya terma jamoasi Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumçisi Kriştianu Ronalduni noyabr oyidagi Millatlar ligasi uçraşuvlari uçun dastlabki tarkibga kiritdi. Bu haqda O Jogo naşriga tayanib Sports24.kz xabar berdi.
Suv omborlaridagi turizm biznesiga soliq imtiyozlari beriladi

Özbekistonda suv omborlari va ularga tutaş hududlarda turizm xizmatlarini taşkil etgan tadbirkorlarga 2029-yil 1-oktabrgaça soliq imtiyozlari beriladi. Bu prezidentning tegişli qarorida belgilangan.
Chevrolet Gentra nega hamon ommabop — ekspert izohi

Chevrolet Gentra işlab çiqarilişi töxtatilganiga ikki yildan oşgan bölsa-da, avtomobil Özbekistonning ikkilamçi bozorida öz xaridorlarini saqlab qolmoqda. Modelga bölgan qiziqişning sababi nimada? Automotive Exhibition korxonasi art-direktori Aziz Sayidov Kursiv Uzbekistan’ga Gentra’ning ommabopligi, texnik ustunliklari, ekspluatatsiya xarajatlari va xarid qilişda e’tibor beriş kerak bölgan jihatlar haqida fikr bildirdi.