
AQŞning Sent-Luis şahrida ötayotgan Clutch Chess: Champions Showdown turnirining ikkinçi kuni yakunlandi. Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov 8,5 oçko bilan turnir jadvalida ikkinçi örinni egallab turibdi.
12 ta partiyadan söng Hindiston vakili Rameşbabu Praggnanandhaa 11 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda.
Sindarov va Karuana 8,5 oçkodan jamğardi
Ikkinçi kun yakunlariga köra, Sindarov va amerikalik Fabiano Karuana hisobida 8,5 oçkodan bor.
Turnir jadvali quyidagiça şakllandi: Praggnanandhaa — 11 oçko, Sindarov — 8,5 oçko, Karuana — 8,5 oçko, Hikaru Nakamura — 8 oçko.
Qöşimça körsatkiçlar hisobiga özbekistonlik grossmeyster ikkinçi poğonada qayd etilmoqda.

Hal qiluvçi kun oldinda
Musobaqaning sönggi kuni turnir taqdirini hal qilişi mumkin. Clutch Chess formatiga köra, uçinçi kuni har bir ğalaba uçun 3 oçko beriladi.
Bu esa turnir jadvalidagi vaziyatni keskin özgartirib yuborişi mumkin. Sindarov peşqadam Praggnanandhaadan 2,5 oçko ortda qolmoqda, Nakamura esa undan atigi yarim oçko ortda.
Şu sabab oxirgi oltita partiya turnir ğolibini aniqlaşda hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi.
Turnir 29-oktabr kuni yakunlanadi
Clutch Chess: Champions Showdown 27–29-oktabr kunlari Sent-Luisda bölib ötmoqda.
Musobaqada Sindarov, Praggnanandhaa, Karuana va Nakamura iştirok etmoqda. Turnir davomida har bir şaxmatçi jami 18 ta partiya öynaydi.
Sönggi kun bahslarida eng köp oçko jamğargan şaxmatçi turnir ğolibi böladi.
Avvalroq «Kursiv» Javohir Sindarov 3,5 oçko bilan ikkinçi örinni egallab turgani haqida yozgan edi.