SafeRoad ilovasidan foydalanuvçilarining şaxsiy ma’lumotlari sizib çiqqani aytilmoqda

SAFE Service ijtimoiy tarmoqlarda SafeRoad ilovasi foydalanuvçilarining şaxsiy ma’lumotlari sizib çiqqani va oçiq savdoga qöyilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Kompaniya tarqatilayotgan ma’lumotlarning unga aloqasi yöqligini bildirdi.
Kompaniya ma’lumotlar eski manbalardan yiğilganini aytdi
SAFE Service bayonotiga köra, internetda sotuvga qöyilgani aytilayotgan ma’lumotlar SafeRoad ilovasi işga tuşirilishidan ança oldin turli manbalardan yiğilgan.
«Tarqatilayotgan ma’lumotlarning kompaniyamizga aloqasi yöq. Foydalanuvçilarning şaxsiy ma’lumotlari himoyalangan serverlarda saqlanadi va şifrlangan holda uzatiladi», — deyiladi kompaniya bayonotida.
SAFE Service botlar orqali tarqatilayotgan ayrim rasmlar va xabarlarni ham soxta deb atadi.
SafeRoad brendi sentabrdan mavjud emas
Kompaniya 1-sentabrdan boşlab SafeRoad brendi ostida faoliyat yuritmayotganini ham eslatdi.
«1-sentabrdan kompaniyamiz SAFE Service brendi ostida faoliyat yuritmoqda. Eski SafeRoad brendi va logotipidan foydalangan holda tarqatilayotgan yolğon xabarlarga işonmaslikni söraymiz», — deyiladi munosabatda.
Davlat organlari bilan hamkorlik qilinmoqda
SAFE Service tarqatilayotgan xabarlarni nosoğlom raqobatga urinish sifatida baholamoqda.
Kompaniya ma’lumotiga köra, xabarlarning kelib çiqiş manbasini aniqlash va huquqiy baho beriş maqsadida tegişli davlat organlari bilan hamkorlikda iş olib borilmoqda.
«Faqat SAFE Service’ning rasmiy manbalarida e’lon qilinadigan tekşirilgan ma’lumotlarga işonişni söraymiz», — deyiladi kompaniya bayonotida.
IIV holatni örganmoqda
Içki işlar vazirligi SAFE Service (avvalgi Safe Road) platformasi foydalanuvçilarining şaxsiy ma’lumotlari tarqalgan bo‘lişi mumkinligi haqidagi xabarlar yuzasidan örganiş boşlanganini ma’lum qildi. Tekşiruv Davlat xavfsizlik xizmati huzuridagi «Kiberxavfsizlik markazi», IIV hamda AUTODOC MChJ mutaxassislari hamkorligida olib borilmoqda.
«Örganişlar yakunlari bo‘yiça aniqlangan holatlar, agar axborot tasdiqlanmasa, ularning kelib çiqiş sabablari va manbalari yuzasidan qoşimça rasmiy axborot taqdim etiladi», — deyiladi rasmiy bayonotda.
Eslatib ötamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda ayrim davlat axborot tizimlaridan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari tarqalgani haqida xabarlar chiqqandi. Kiberxavfsizlik markazi ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Keyinroq Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov 27 – 30-yanvar kunlari uchta davlat idorasiga uyushtirilgan kiberhujumlar natijasida 60 mingga yaqin fuqaroning ma’lumotlari sizib chiqqanini tasdiqladi.