Google xodimini taqlid qilib $13 mlnlik Bitcoin öğirlagan 20 yoşli yigit qamaldi

eʼlon qilindi
Google xodimini taqlid qilib $13 mlnlik Bitcoin öğirlagan 20 yoşli yigit qamaldi
Foto: Yahoo

Kanadalik 20 yoşli Trenton Riçard David Jonston AQŞda kriptovalyuta firibgarligi va pul yuviş bilan boğliq iş böyiça 25 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. U avvalroq pul yuvişga til biriktiriş aybini tan olgan.

Tergov ma’lumotlariga köra, Jonston va uning şeriklari özlarini Google texnik yordam xizmati hamda kriptovalyuta kompaniyalari vakillari sifatida taniştirib, jabrlanuvçilarning raqamli hisoblari va kriptohamyonlariga kiriş kodlarini qölga kiritgan.

Bir jabrlanuvçidan 185 BTC öğirlangan

Sud materiallariga köra, 2026-yil mart oyida Jonston va uning şerigi Kaliforniyada yaşovçi bir kişining hisobidan 185 BTCni olib ketgan. Öşa paytda bu kriptovalyutaning qiymati qariyb $13 mlnni taşkil qilgan.

Tergovçilar firibgarlik sxemasi böyiça umumiy zarar $13 mln dan oşganini bildirgan. AQŞ Adliya vazirligi boşqa ehtimoliy jabrlanuvçilar ham aniqlanayotganini qayd etgan.

Pullar Lamborghini va xususiy samolyotga sarflangan

Prokuratura ma’lumotiga köra, firibgarlikdan olingan mablağlarning bir qismi haşamatli turmuş tarziga sarflangan.

Sud materiallarida Lamborghini Aventador SVJ, ikkita BMW, qimmatbaho taqinçoqlar xarid qilingani, şuningdek, xususiy samolyot ijarasi va Mayamidagi köngiloçar tadbirlarga katta mablağ sarflangani qayd etilgan.

AQŞ Adliya vazirligiga köra, Jonston va uning şerigi noqonuniy daromadlarning kelib çiqişini yaşiriş uçun turli moliyaviy operatsiyalardan ham foydalangan.

Firibgarlik usulini Discord’da körsatgan

Tergov davomida söroq qilingan guvohlardan biri Jonston Discord orqali ekranini ulaşib, kriptovalyutani qanday öğirlaşini boşqalarga namoyiş qilganini aytgan.

Şuningdek, u 185 BTC öğirlanganidan keyin şerigiga yuborgan xabarlarida muvaffaqiyatini maqtanib yozgani sud hujjatlarida qayd etilgan.

Rolls-Royce’dagi tekşiruvdan keyin qölga tuşgan

Jonston 2026-yil mart oyida Mayamida Rolls-Royce Cullinan avtomobilida bölgan paytda politsiya tekşiruviga tuşgan. Keyinçalik tergovçilar uning yirik kriptovalyuta firibgarligi bilan boğliqligini aniqlagan.

Hibsga olinganidan keyin Jonston qariyb $3,8 mlnlik Bitcoin va Ethereumni huquq-tartibot organlariga topşirgan. U tergov doirasida boşqa şaxslarga oid ma’lumotlarni ham taqdim etgan.

Jazo muddatini ötab bölgaç, Jonstonning Kanadaga deportatsiya qilinişi kutilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Qöqonda köçada uyatsiz harakatlar qilgan erkak 10 sutkaga qamalgani haqida yozgan edi.

Shuningdek