Olimlar nima uçun Markaziy Osiyoda havo ifloslanganini tuşuntirdi

Oktabr oyining sönggi kunlarida Markaziy Osiyoning bir neçta yirik şaharlarida havo sifati yomonlaşdi. Bunga antisiklon, şamolning susayişi, yoğingarçilikning yöqligi, tabiiy çang va inson faoliyatidan çiqadigan zararli moddalar ta’sir körsatgan. Bu haqda Özbekiston Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi huzuridagi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Erkin Abdulahatov ma’lumot berdi.
Markaziy Osiyoning qaysi şaharlarida havo ifloslandi
Institut xalqaro va milliy monitoring ma’lumotlari asosida ötkazgan tahlilga köra, 2026-yil 26-oktabr kuni IQAir kuzatuvida bölgan Markaziy Osiyoning sakkizta yirik şahridan oltitasida havo sifati indeksi (AQI) 100 dan oşgan.
Körsatkiçlar quyidagiça qayd etilgan:
- Bişkek — 160;
- Toşkent — 157;
- Çimkent — 149;
- Qarağanda — 134;
- Duşanbe — 134.
Şu kuni Bişkek havosi eng iflos şaharlar jahon reytingida törtinçi örinni egallagan. Qozoğistonda esa noqulay meteorologik şaroitlar böyiça ogohlantiriş e’lon qilingan şaharlar soni 24-oktabrdagi törttadan 27-oktabrga kelib öntaga yetgan.
Ifloslanişning kuçayişiga nima sabab böldi
2026-yil oktabr oyining sönggi ön kunligida mintaqada antisiklon ta’siri, şamolning susayişi, yoğingarçilikning yöqligi va harorat inversiyasi kuzatilgan.
Bunday şaroitda yer yuzasiga yaqin havo qatlamlari yuqoriga kötarilib, erkin almaşina olmaydi. Natijada transport, sanoat, energetika va boşqa manbalardan çiqadigan ifloslantiruvçi moddalar, şuningdek, tabiiy çang atmosferaning quyi qatlamlarida töplanib qoladi.
Toşkentda sutkalik örtaça AQI 21-oktabrdagi 93 dan 26-oktabrda 164 gaça kötarilgan. Bu beş kun içida qariyb 76 foizlik ösişni anglatadi.
Tahlilga köra, şaharda havo ifloslanişi keçasi kuçayadi. Sönggi 30 kun davomida örtaça AQI soat 23:00 da 119, soat 17:00 da esa 82 bölgan. Bu atmosferaning barqarorligi va havo almaşinuvi ifloslantiruvçi moddalar miqdoriga sezilarli ta’sir qilişini körsatadi.
Havo ifloslanişida tabiiy çangning uluşi qança
Markaziy Osiyo Qoraqum, Qizilqum va Orolqum kabi quruq hududlarni qamrab olgan yirik çang belboğida joylaşgan. Şu sababli tabiiy çang mintaqadagi havo sifatiga ta’sir qiluvçi muhim omillardan biridir.
Toşkentning Olmazor, Yunusobod va Mirzo Uluğbek tumanlarida 12–16-oktabr kunlari olingan PM2,5 namunalarining laboratoriya tahlilida tabiiy çang uluşi örtaça 39,7 foizni taşkil etgan. Sanoat, transport va energetikadagi yoniş jarayonlari hissasiga esa 42,6 foiz töğri kelgan.
Çang faollaşgan 28-sentabr — 6-oktabr davrida tabiiy çangning PM2,5 tarkibidagi uluşi örtaça 64 foizga, ayrim namunalarda esa 78 foizgaça yetgan.
Bu raqamlar havo ifloslanişida ham tabiiy, ham inson faoliyati bilan boğliq manbalar muhim örin tutişini körsatadi. Çang havo oqimlari orqali boşqa hududlardan ham şaharlarga yetib kelişi mumkin. Şu bois muammoni faqat şahar içidagi çoralar bilan töliq hal qilib bölmaydi.
Toşkent havosi yil davomida yaxşilandimi
Tahlilda keltirilgan ma’lumotlarga köra, 2026-yil boşidan 19-oktabrgaça Toşkentda PM2,5 miqdori ötgan davrga nisbatan 28 foizga, PM10 esa 32 foizga kamaygan. Oktabr oyidagi örtaça havo sifati indeksi ham 124 dan 104 gaça pasaygan.
Biroq bu körsatkiçlar ayrim kunlarda havo ifloslanişining keskin kuçayişini inkor etmaydi. Qisqa muddatli ifloslaniş bilan yil davomidagi umumiy holatni alohida baholaş kerak.
IQAir’ning 2025-yilgi hisobotida yillik örtaça PM2,5 miqdori Duşanbeda 57,3 mkg/m³, Qarağandada 72,6 mkg/m³ va Toşkentda 39,0 mkg/m³ bölgan.
Havo sifatini yaxşilaş uçun qanday çoralar zarur
Haroratning kötarilişi, qurğoqçilik va tuproq namligining kamayişi çang kötarilişi uçun qulay şaroit yaratadi. Orol dengizi qurişi natijasida paydo bölgan Orolqum ham mintaqadagi qöşimça çang manbalaridan biriga aylangan. Şunga qaramay, muayyan kundagi havo ifloslanişini faqat iqlim özgarişi bilan izohlaş töğri emas. Bunda meteorologik şaroit, çangning tarqalişi va inson faoliyatidan çiqadigan taşlamalarni birgalikda hisobga oliş kerak.
Havo sifatini yaxşilaş uçun qanday çoralar zarur
Mutaxassislar havo sifatini kuzatiş va prognozlaş tizimlarini takomillaştiriş, aholini öz vaqtida ogohlantiriş hamda qöşni davlatlar gidrometeorologiya xizmatlari örtasida ma’lumot almaşinuvini kuçaytiriş zarurligini ta’kidlamoqda.
Şuningdek, PM2,5 va PM10 zarraçalarining tarkibini muntazam laboratoriya tahlillaridan ötkaziş orqali tabiiy va inson faoliyati bilan boğliq manbalar uluşini aniq baholaş muhim. Transport, energetika va isitiş tizimlaridan çiqadigan taşlamalarni kamaytiriş, quriliş maydonlari va yöllarda çang kötarilişini çeklaş hamda kökalamzorlaştiriş işlarini davom ettiriş ham dolzarb vazifalar qatoriga kiradi.
Avvalroq Toşkent köçalarida çang kötarilişini kamaytiriş maqsadida qariyb 100 ta maxsus texnika yordamida suv purkaş işlari olib borilayotgani haqida xabar berilgandi.