Buxoro va Urgançda ham temir yöl vokzallari aeroportlar bilan boğlanadi

Özbekistonda Toşkent, Urganç va Buxoro şaharlaridagi temir yöl vokzallarini aeroportlar bilan boğlaş rejalaştirilmoqda. 2030-yilgaça jami uçta temir yöl qatnovini yölga qöyiş taklif etilgan.
Qaysi şaharlarda temir yöl qatnovi yölga qöyiladi
Bu rejalar 2030-yilgaça temir yöl, havo va avtomobil transportida içki yölovçi taşişni kompleks rivojlantiriş strategiyasi loyihasida aks etgan.
Hujjatga köra, quyidagi yönalişlarda elektrlaştirilgan temir yöl tarmoqlarini quriş va qatnovni taşkil etiş taklif qilinmoqda:
- Toşkent: Şimoliy temir yöl vokzali — Toşkentning yangi xalqaro aeroporti;
- Urganç: Urganç temir yöl vokzali — Urganç xalqaro aeroporti;
- Buxoro: Buxoro temir yöl vokzali — Buxoroning yangi xalqaro aeroporti.
Loyihalarni amalga oşiriş uçun Transport vazirligi va «Özbekiston temir yöllari» kompaniyasiga texnik-iqtisodiy asoslar hamda loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş, yer maydonlarini aniqlaş, muhandislik yeçimlarini kelişiş, quriliş-montaj işlarini bajariş va temir yöl tarmoqlarini foydalanişga topşiriş taklif etilgan.
Strategiyaning maqsadli körsatkiçlariga köra, 2026-yilda bitta, 2029-yilda ikkita, 2030-yilda esa jami uçta vokzal va aeroport örtasida temir yöl qatnovi taşkil etilişi rejalaştirilgan.
Loyihalar uçun 68 mln dollar kredit jalb qilinişi mumkin
Strategiya loyihasining moliyaviy qismida Parkent — Toşkentning yangi aeroporti hamda Buxoro vokzali — yangi aeroport yönalişlaridagi elektrlaştirilgan temir yöllarni quriş uçun tijorat banklaridan jami 68 mln dollar kredit jalb etiş nazarda tutilgan.
Şundan 30,6 mln dollarni 2029-yilda, 37,4 mln dollarni esa 2030-yilda ajratiş taklif qilingan.
Bundan taşqari, Toşkent, Samarqand, Buxoro, Urganç, Nukus va Farğonada oltita transport uzelini taşkil etiş rejalaştirilmoqda.
Şuningdek, 2030-yilgaça aeroportlar, temir yöl vokzallari va avtovokzallarni boğlaydigan 20 ta jamoat transporti yönalişini işga tuşiriş taklif etilgan. Bu yölovçilarning transport almaştiriş vaqtini qisqartiriş va safarlarini qulaylaştirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Yangi aeroportlar qurilişi
2025-yil oktabr oyida prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurilişini boşlaşga rasman start bergan. Taxminan 1 310 gektar maydonda amalga oşirilayotgan loyiha uçun dastlab 3 mlrd dollar atrofida investitsiya jalb etiş rejalaştirilgan. Aeroport yiliga 20 mln yölovçiga xizmat körsatişi, keyinçalik esa uning quvvati 46 mln yölovçigaça oşirilişi mumkin.
Buxoro viloyatida ham yangi xalqaro aeroport quriş loyihasi amalga oşirilmoqda. Aeroport uçun 370 gektar yer ajratilgan. 2026-yil mart oyida yölovçi terminalini davlat-xususiy şeriklik asosida quriş va boşqariş uçun xalqaro tender e’lon qilingan. Terminal soatiga 1 600 nafargaça yölovçiga xizmat körsatişi rejalaştirilgan.
2026-yil avgust oyida Xorazm viloyatida Urganç aeroportini Xiva bilan boğlaydigan yangi elektrlaştirilgan temir yöl tarmoği taqdim etilgan. Loyiha doirasida 11 km temir yöl qurilgan. Uning qiymati 225 mlrd sömni taşkil etgan.
Yangi strategiyada Urganç aeroportini Urganç temir yöl vokzali bilan boğlaş ham alohida közda tutilgan. Biroq uşbu yönalişning texnik parametrlari hozirça ma’lum qilinmagan.
Avvalroq Yangi Toşkent xalqaro aeroportini «Toşkent-Şimoliy» temir yöl vokzali bilan boğlovçi yangi temir yöl tarmoğini barpo etiş rejalaştirilayotgani haqida xabar berilgandi.