Pomidor nega qimmatlaşdi: issiqxonalar bilan nima bölmoqda

2026-yil sentabrda Özbekistonda pomidor narxi 14,2 foizga, oktabrda esa yana 8,8 foizga oşdi. Milliy statistika qömitasi narxlardagi özgarişni, avvalo, mavsumiy omil bilan izohlamoqda. Ayni paytda bozor yangi kuz-qiş mavsumiga kirar ekan, pomidor taklifida muhim rol öynaydigan issiqxonalar uçun ekologik talablar kuçaytirilmoqda.
Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasining Kursiv Uzbekistan’ga bergan ma’lumotiga köra, ötgan kuz-qiş mavsumida 5,2 mingdan ortiq issiqxona tekşirilgan, 125 tasining faoliyati töxtatilgan. Endi Toşkent va unga tutaş beşta tumandagi issiqxonalar 1-dekabrdan yanada qat’iy ekologik talablarga moslaşişi kerak.
Özbekistonda pomidor narxlari bilan nimalar bölmoqda, unga nimalar ta’sir qilmoqda va ekologik modernizatsiya issiqxonalar xarajatini oşiradimi – Kursiv Uzbekistan mavjud statistika, xalqaro bozor ma’lumotlari hamda rasmiy idoralarning javoblarini örganib çiqdi.
Uşbu maqoladan quyidagilarni bilib olişingiz mumkin:
- Pomidor narxi nega keskin oşdi
- Özbekiston qança pomidor yetiştiradi
- Eksport içki bozordagi narxga bosim qilmoqdami
- Issiqxonalar ustidan nazorat qançalik kuçaydi
- 1-dekabrdan issiqxonalar uçun nima özgarişi mumkin
Pomidor narxi bir yilda 54,9 foizga oşdi
Milliy statistika qömitasi ma’lumotiga köra, sentabrda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari umumiy hisobda bir oyda 1 foizga oşgan. Pomidordagi ösiş esa bundan ança yuqori – 14,2 foizni taşkil etdi. Oktabrda esa narxlar yana 8,8 foizga oşdi.
Yillik taqqoslaşda 2025-yil sentabriga nisbatan pomidor 54,9 foizga qimmatlaşgan. Şu davrda oziq-ovqat mahsulotlari böyiça umumiy yillik inflyatsiya 6,3% bölgan.
Statistika qömitasi sentabrdagi meva-sabzavot narxlarining özgarişiga mavsumiy omil ta’sir qilganini qayd etadi. Ya’ni oçiq maydondagi yozgi hosilning bozordagi uluşi qisqarişi bilan taklif tarkibi özgara boşlaydi.
Fermerlar kengashi boş mutaxassisi Zayniddin Fayzullayev ham narx ösişini bir neçta omil bilan izohladi. Uning aytişiça, yozning haddan taşqari issiq kelişi mahsulotlarning odatdagidan tezroq yetişişiga olib kelgan. Natijada yozgi hosil ertaroq bozorga çiqib, kuzgi pomidor hosili yetilguniga qadar taklifning qisqarişi kuzatilgan.
«Yozning haddan taşqari issiq kelişi mahsulotlarning tez yetişişiga olib keldi. Şu bilan birga, kuzgi pomidor ekinlarini ekiş va parvarişlaş jarayonida bozorlarda mahsulot kamayişi kuzatilmoqda», – dedi Fayzullayev.
Ekspertning ta’kidlaşiça, pomidor tannarxiga ishlab çiqariş xarajatlarining ösişi ham ta’sir qilmoqda.
«Uruğ, öğit, yonilği, elektr energiyasi, suv va işçi kuçi xarajatlari ham oşdi», – dedi u.
Bu omil kuz va qiş mavsumida, ayniqsa, sezilarli bölişi mumkin. Yozda bozorda katta hajmdagi oçiq maydon mahsuloti böladi. Sovuq mavsum yaqinlaşgani sari esa issiqxonalarda yetiştirilgan pomidorning uluşi ortadi. Bunday mahsulot tannarxida isitiş, elektr energiyasi, suv, mehnat va uskunalar xarajatlari oçiq maydondagiga nisbatan kattaroq rol öynaydi.
Özbekistonda pomidor işlab çiqariş 2,3 mln tonnadan oşdi
Kursiv Uzbekistan pomidor bozori böyiça Euromonitor International kompaniyasiga ham murojaat qildi. Kompaniyaning EMEAI hududi böyiça kommunikatsiyalar menejeri Lina Sidorenke tahririyatga işlab çiqariş ma’lumotlarini taqdim etdi. Unga köra, Özbekistonda pomidor işlab çiqariş hajmi 2024-yildagi 2,304 mln tonnadan 2025-yilda 2,315 mln tonnaga yetgan. Bir yil içida ösiş 0,5 foizni taşkil etdi.

Euromonitor ma’lumotlarida 2025-yilda eng yirik pomidor bozori Xitoy bölgan – uning hajmi 35,4 mln tonnaga yaqinlașgan. Keyingi örinlarda Hindiston 17,5 mln tonna, Misr 4,7 mln tonna va AQŞ 3,2 mln tonna bilan qayd etilgan.
Yirik bozorlardan Vyetnamda pomidor bozori 3,18 mln tonna, Meksikada 1,9 mln tonna, Braziliyada 1,8 mln tonna va Turkiyada 1,46 mln tonnani taşkil etgan.
Euromonitor taqdim etgan ma’lumotlarga köra, 2025-yilda körib çiqilgan yirik bozorlarda, asosan, ösiş kuzatilgan. Eng yuqori ösiş Misrda 6,24 foiz, Vyetnamda 5,59 foiz va Hindistonda 3,77 foizni taşkil etgan.

Bozori nisbatan kiçikroq mamlakatlar orasida Marokaşda hajm 909,4 ming tonna, Saudiya Arabistonida 794,8 ming tonna, Ukrainada 771,6 ming tonna, Italiyada 765,5 ming tonna va Germaniyada 744,7 ming tonnani taşkil etgan.
Eksport narxni oşiryaptimi
Pomidor narxi qimmatlaşganda köp uçraydigan taxminlardan biri – mahsulotning katta qismi eksportga ketayotgani uçun içki bozorda taklif kamayganidir. Ammo mavjud raqamlar bu boğliqlikni tasdiqlamaydi.
2025-yilda Özbekiston 45,2 ming tonna pomidorni $36 mln ga eksport qilgan. Eksport hajmi 2024-yilga nisbatan 3,3 ming tonnaga kamaygan. Asosiy xaridor Rossiya bölib, unga 32,8 ming tonnaga yaqin mahsulot yetkazib berilgan. Keyingi örinlarda Qozoğiston va Qirğiziston turgan.
2026-yil yanvar – sentabr oylarida esa Özbekiston xorijga 34,2 ming tonna pomidorni $35,5 mln ga sotgan. Şu davrda sabzavotlar eksportining umumiy hajmi 493,8 ming tonnadan 557,2 ming tonnaga oşgan.
Qişloq xöjaligi vazirligi matbuot kotibining Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qilişiça, hozir bozorga issiqxona pomidorlari çiqişni boşlagan. Narxlar asosan şuning hisobiga va mavsumiylik sabab qimmatlaşgan.
«Hozirgi kunda (pomidorlarni) issiqxonada yetiştirib olib çiqyapmiz. Şuning hisobiga narx qimmat. Erta-indin import oçilganda mahsulot Markaziy Osiyodan kirişni boşlaydi. Yaqin qöşni Turkmanistondan biz köproq olamiz. Çunki u yerda yetiştirilgan pomidorlarning ta’mi, sifati bizga töğri keladi, tannarxi ham qimmat bölib ketmaydi», – deya tuşuntiriş berdi vazirlik.
5,2 mingta issiqxona tekşirilgan
Pomidor bozoridagi yangi omillardan biri – issiqxonalarga nisbatan ekologik nazoratning kuçayişi. Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Kursiv Uzbekistan’ning söroviga javoban, 2025 – 2026-yil kuz-qiş mavsumida 5,2 mingta issiqxonada örganiş ötkazilganini ma’lum qildi.
Natijada 1,1 ming şaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. 125 ta issiqxona filtr tizimi örnatilmagani yoki eskirgan filtrlardan foydalangani sabab faoliyatini töxtatgan. Nazorat davomida yana 138 ta issiqxonaga filtr tizimi örnatilgan.
Qömita ayni paytda muhim bir detalni ham qayd etgan: nazorat çoralari davomida kamçiliklar tezda bartaraf etilgani sabab faoliyati töxtatilgan yoki ma’muriy javobgarlikka tortilgan issiqxona egalari yetiştirayotgan hosilning nobud bölişi yoki kasallanişi yuzasidan e’tiroz bildirmagan.
Fermerlar kengashi boş mutaxassisi Zayniddin Fayzullayevning fikriça, ekologik talablarni bajarişda issiqxonalar uçun asosiy masalalardan biri isitish qozonlariga mos havo filtrlarini topiş hisoblanadi.
«Ekologik talablarni bajariş bilan boğliq muammolarning yeçimlaridan biri — bir qator davlatlardan suv isitish qozonlariga örnatiladigan havo filtrlarini olib kelish yoki ularni Özbekistonda ishlab çiqarişni yölga qöyişdir. Şunda issiqxonalardagi muammolarning asosiy qismini hal qiliş mumkin», – dedi Fayzullayev.
Toşkent şahri va Toşkent viloyatida 10 mingdan ziyod issiqxonalar xatlovdan ötkazildi
Ekologiya qömitasi Toşkent şahri va Toşkent viloyatida jami 10,2 mingta issiqxonada xatlov ötkazgan.
Toşkent şahrida 1,1 mingta issiqxona örganilgan. Ulardan 157 tasi mavsumiy ekin ekkan, 13 tasi gaz va buğ yordamida, 56 tasi esa kömir bilan isitilgan. Yana 893 ta fuqaroga tegişli issiqxona faoliyatini tugatgani aniqlangan.
Toşkent viloyatidagi 9,1 mingta issiqxonaning 8,1 mingtasi mavsumiy ekin yetiştirgan. 149 tasi gaz va buğdan, 803 tasi kömirdan foydalangan.
1-dekabrdan talablar kuçayadi
22-oktabrda qabul qilingan hukumat qarori bilan Toşkent şahri hamda Toşkent viloyatining Toşkent, Zangiota, Qibray, Yangiyöl va Yuqori Çirçiq tumanlari maxsus ekologik hudud etib belgilandi.
Uşbu hududlardagi issiqxonalar endi tabiiy yoki suyultirilgan gaz, elektr energiyasi, geotermal va quyoş energiyasi kabi manbalarga ötişi mumkin. Qattiq yoqilğidan – kömir, briket yoki biomassa pelletlaridan foydalanishni davom ettiriş uçun esa bir vaqtning özida qator talablarni bajariş kerak.
Qozonlarda avtomatik yoqilği uzatiş va yoniş tizimi, samarali çang-gaz tozalaş uskunasi, atmosferaga taşlamalarni real vaqtda ölçaydigan avtomatik monitoring tizimi, kameralar, uzluksiz elektr manbai va zaxira generatori bölişi kerak. Çiqindilarni töplaş va utilizatsiya qiliş talablari ham mavjud.
Talablarga mos kelmaydigan issiqxonalar 1-dekabrdan ijobiy ekologik ekspertiza xulosasini ololmaydi. Avval berilgan xulosa ham vaqtinça töxtatilişi mumkin. Qarorda bunday xöjaliklarni elektr, gaz yoki suv ta’minotidan uziş çoralari ham nazarda tutilgan.
Modernizatsiya xarajatining bir qismini davlat qoplaydi
Yangi talablar issiqxona biznesi uçun qoşimça investitsiya talab qilişi mumkin. Hukumat bunga parallel ravişda subsidiyalar va imtiyozli moliyalaştiriş mexanizmlarini ham joriy qilmoqda.
586-son qarorga köra, 2028-yil boşiga qadar çang-gaz tozalaş uskunalari, qozonlar, energiya tejamkor ekranlar va ekologik isitiş texnologiyalarini sotib oliş xarajatining 50 foizigaça, biroq har bir gektar uçun 50 mln sömdan oşmagan miqdorda subsidiya ajratiladi. Avtomatik emissiya monitoring stansiyalari uçun esa har bir stansiyaga 350 mln sömgaça mablağni yetti yilga foizsiz bölib tölaş mexanizmi belgilangan.
13-oktabrdagi PQ-371-son qaror bilan esa «yaşil» isitiş vositalaridan foydalanuvçi issiqxonalarga oktabr – mart oylarida sarflangan elektr energiyasi qiymatining 50 foizini subsidiya qiliş közda tutilgan.
Toşkent viloyatining beshta tumanidagi tomorqa issiqxonalari uçun energiya tejamkor uskunalarni sotib oliş va örnatiş xarajatining 40 foizigaça, lekin 100 mln sömdan köp bölmagan subsidiya beriladi. Yangi «yaşil» issiqxona quriş uçun 300 mln sömgaça, mavjudini qayta jihozlaş uçun esa 150 mln sömgaça imtiyozli kreditlar nazarda tutilgan.
Eslatib ötamiz, Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, oktabrda oziq-ovqat mahsulotlari 1%, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,2%, xizmatlar esa 0,6 foizga qimmatlaşgan. Yillik hisobda oziq-ovqat narxlari 6,4%, nooziq-ovqat mahsulotlari 5,6%, xizmatlar 7,3 foizga oşgan.