
Apple’ning keyingi avlod iPhone Air 2 smartfoni birinçi modeldagi asosiy kamçiliklardan ikkitasini bartaraf etişi mumkin. Yangi ma’lumotlarga köra, qurilma kattaroq batareya va ikki modulli asosiy kamera bilan jihozlanadi.
Batareya siğimi 3 500 mA/soatgaça oşişi mumkin
Ma’lumotlarga köra, iPhone Air 2 3 500 mA/soat siğimli akkumulyator oladi. Taqqoslaş uçun, birinçi avlod iPhone Air’da 3 149 mA/soat batareya mavjud edi. Agar ma’lumot tasdiqlansa, yangi modelning batareyasi taxminan 11 foizga kattaroq böladi.
Bu özgariş smartfonning avtonom işlaş vaqtini yaxşilaşi mumkin, biroq real natija protsessor samaradorligi va iOS optimallaştirilişiga ham boğliq böladi.
Ikkinçi kamera qöşiladi
iPhone Air 2 orqa panelida ikkita kamera bölişi kutilmoqda.
Asosiy modul 48 MP sensor bilan jihozlanadi, unga ultra keng burçakli kamera qöşilişi aytilmoqda. Air liniyasi kamera soni böyiça standart iPhone modellariga yaqinlaşişi mumkin.
120 Hz OLED ekran kutilmoqda
Smartfon 6,55 dyuymli tekis OLED displeyga ega bölişi mumkin. Manbaga köra, ekran 1.5K+ aniqlik va 120 Hz yangilaniş çastotasiga ega LTPO paneldan foydalanadi.
Face ID yuz orqali identifikatsiya qiliş tizimi ham saqlanib qolişi kutilmoqda. A20 çipi 2 nm texprotsessda işlab çiqarilişi mumkin iPhone Air 2 A20 oilasiga mansub yangi protsessor bilan jihozlanişi aytilmoqda.
Çip 2 nanometrli texnologik jarayon asosida işlab çiqarilişi kutilmoqda. Bu avvalgi avlodlarga nisbatan energiya samaradorligi va unumdorlikni oşirişi mumkin.
Taqdimot 2027-yil bahorida bölişi mumkin
Hozirgi ma’lumotlarga köra, iPhone Air 2 2027-yil bahorida taqdim etilişi mumkin. U iPhone 18 va iPhone 18e bilan bir vaqtda çiqarilişi kutilmoqda.
Smartfon narxi hozirça noma’lum. Kattaroq batareya va qöşimça kamera sabab yangi model birinçi avlod iPhone Air’dan qimmatroq bölişi mumkin.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Xitoyda işlatilgan iPhone 15 Pro Max narxi oşgani haqida yozgan edi.