
General Motors (GM) AQŞda haydovçilarning şaxsiy va joylaşuv ma’lumotlarini noqonuniy tarzda sotganlik haqidagi da’volarni hal qiliş uçun $220 mln tölaşga rozi böldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Kelişuv 35 ta ştat va Kolumbiya okrugi boş prokurorlari tomonidan avtomobil işlab çiqaruvçining Smart Driver dasturi yuzasidan bildirilgan da’volarni yopadi.
SD dasturi böyiça e’tirozlar
Smart Driver dasturi 2016-yildan 2024-yilgaça millionlab haydovçilarni qamrab olgan. Da’volarga köra, GM dastur orqali haydovçilarning tezlik, tormozlaş, harakatlaniş odatlari va joylaşuviga oid ma’lumotlarni yiğgan, keyin esa ularni ma’lumot brokerlariga uzatgan.
Brokerlar bu ma’lumotlarni suğurta kompaniyalariga sotgan. Suğurtaçilar esa ayrim holatlarda uşbu ma’lumotlardan tariflarni belgilaş yoki oşirişda foydalangan.
Odamlar maşina sotib olgan, kuzatuv qurilmasi emas — ştat boş prokurori
Oregon ştati boş prokurori Dan Reyfild kompaniya amaliyotini tanqid qildi.
«Odamlar avtomobil sotib olgan, kuzatuv qurilmasi emas», — dedi u.
Oregon va Vaşington ştatlari prokuraturalari kelişuvni ilgari surgan koalitsiyaga boşçilik qilgan.
GM ma’lumot yiğişni çeklaydi
Kelişuv şartlariga köra, GM haydovçilarga oid ma’lumotlarni yiğiş hajmini çeklaşi kerak.
Şuningdek, kompaniya bunday ma’lumotlarni yiğiş yoki uçinçi tomonlarga ulaşişdan oldin haydovçining aniq roziligini olişi şart böladi.
GM vakili esa kompaniya maxfiylikni kuçaytiriş böyiça avvaldan çoralar körib kelayotganini bildirdi.
Bu GM uçun birinçi şunday kelişuv emas
2026-yil may oyida GM Kaliforniyada haydovçilar ma’lumotlarini ikki brokerga sotganlik böyiça tergovni yopiş uçun yana $12,75 mln tölaşga rozi bölgan edi.
Bundan taşqari, 2025-yil yanvar oyida kompaniya AQŞ Federal savdo komissiyasi bilan kelişuvga erişib, avtomobil geolokatsiyasi va haydovçi xatti-harakatlariga oid ma’lumotlarni iste’molçi hisobot agentliklariga beş yil davomida bermaslik majburiyatini olgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan General Motors aksiyalari Nasdaq’da savdo qilinişi haqida yozgan edi.