Özbekistonlik yoşlar Germaniyada öqib, işlaşi mumkin

Migratsiya agentligi va Germaniyaning Deutsçe Bahn kompaniyasi özbekistonlik yoşlarni temiryöl montajçisi kasbi böyiça uç yillik dual kasbiy ta’lim dasturiga taklif qilmoqda.
Dastur davomida iştirokçilar nazariy ta’lim oladi, amaliy tajriba orttiradi va oyiga 1 400–1 560 yevro miqdorida tölov olişi mumkin.
Öqiş va amaliyot birga olib boriladi
Dual ta’lim dasturi nazariy maşğulotlarni bevosita iş joyidagi amaliyot bilan birlaştiradi.
Iştirokçilar Germaniyada temiryöl infratuzilmasi bilan işlaş, montaj va texnik xizmat körsatiş böyiça kasbiy könikmalarni egallaydi. Dastur uç yil davom etadi.
Har yili 30 kunlik haq tölanadigan ta’til beriladi
Iştirokçilarga yiliga 30 kun haq tölanadigan ta’til berilişi közda tutilgan. Bundan taşqari, dasturga tayyorgarlik doirasida Toşkentda nemis tilini B2 darajasigaça örganiş imkoniyati ham mavjud.
Nomzodlardan B1 darajadagi nemis tili talab qilinadi
Dasturga 18–25 yoşdagi nomzodlar ariza topşirişi mumkin.
Asosiy talablardan biri — nemis tilini kamida B1 darajasida biliş va buni tasdiqlovçi tegişli sertifikatga ega böliş.
Ariza Deutsçe Bahn sayti orqali topşiriladi
Dastur tafsilotlari va ariza topşiriş tartibi bilan Deutsçe Bahn vakansiya sahifasida tanişiş mumkin.
Qöşimça ma’lumot uçun Migratsiya agentligining +998 90 054 02 27 telefon raqamiga murojaat qiliş mumkin.
Avvalroq «Kursiv» Quvaytda özbekistonlik muhandislarga 2,4 ming dollargaça maoşli iş taklif qilingani haqida yozgan edi.