İşlayotgan pensionerlar: Özbekistonda ularning soni 223 mingdan oşdi

eʼlon qilindi
Amaldagi qonunçilikda pensiya yoşidagi fuqarolarning doimiy işlaşiga taqiq yöq
Foto: depositphotos.com

Özbekistonda ayni vaqtda 223 mingdan ortiq pensiya yoşidagi fuqarolar mehnat faoliyatini davom ettirmoqda. Bu haqda Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi tomonidan ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Kursiv Uzbekistan muxbiri.

Ular bir vaqtning özida pensiya va iş haqi oladi

Foto: Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi matbuot xizmati

Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi Aholi bandligi departamenti boşliği Sobir Haytmurodov bu haqda şunday dedi:

«223 mingdan ortiq pensiya yoşidagi fuqarolarimiz mehnat faoliyatini olib boryapti. Ular ham pensiya oladi, ham oylik olib işlaydi», – dedi u.

Pensionerlarning işlaşiga taqiq yöq

Amaldagi qonunçilikda pensiya yoşidagi fuqarolarning doimiy işlaşiga taqiq yöq. Sobir Haytmurodovning aytişiça, vazirlik bunday çeklovni joriy etişni ham rejalashtirmayapti.

«Amaldagi qonunçilik böyiça nafaqadagi fuqarolarimizning doimiy işda işlaşiga heç qanday taqiq yöq. Bu böyiça taqiqlovçi biror pozitsiya yoki normativ hujjat ustida ham işlamayapmiz», – dedi Haytmurodov.

Uning sözlariga köra, avvalgi Mehnat kodeksida pensiya yoşiga yetgan xodimlar bilan boğliq çeklov mavjud bölgan. Yangi kodeks qabul qilingaç esa bu norma olib taşlangan.

«Yangi Mehnat kodeksi qabul qilingandan keyin pensionerlarning işlaş imkoniyati yaratilişi nuqtayi nazaridan ularga taqiq qöyilmadi. Avvalgi taqiqlovçi modda olib taşlandi», – dedi vazirlik vakili.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yilning birinçi yarim yilligida Özbekistonda 506 ming nafar fuqaro doimiy iş bilan ta’minlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek