Özbekiston futzal milliy terma jamoasi boş murabbiyi özgardi

eʼlon qilindi
Jamoa murabbiyi etib avval Özbekiston milliy terma jamoasini boşqargan Bahodir Ahmedov tayinlandi
Foto: Özbekiston futzal federatsiyasi

Özbekiston futzal milliy terma jamoasi boş murabbiyi etib Bahodir Ahmedov tayinlandi. U jamoani 2028-yilgi Osiyo çempionati yakuniga qadar boşqaradi. Bu haqda Özbekiston futzal federatsiyasi ma’lum qildi.

Ahmedov milliy jamoani avval ham boşqargan

Federatsiya ma’lumotiga köra, ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendes salomatligi sabab lavozimini tark etgaç, boş murabbiylik uçun bir qator mahalliy va xorijlik nomzodlar körib çiqilgan va yakunda tanlov Bahodir Ahmedovga töxtagan.

Ahmedov bundan oldin ham Özbekiston milliy terma jamoasini boşqargan. Uning rahbarligida terma jamoa Osiyo kubogida ikki marta bronza medalini qölga kiritgan. Şuningdek, Özbekiston 2021-yilgi Jahon çempionatida guruh bosqiçidan ötişga muvaffaq bölgan va pley-offda qatnaşgan.

Murabbiylik faoliyatida Özbekiston çempioni bölgan

Bahodir Ahmedov 1976-yil 9-sentabrda Çirçiq şahrida tuğilgan. U futzalçilik faoliyatini «Splav», «Elektrokimyosanoat» va «Soliqçi» jamoalarida boşlagan. Keyinçalik «Yunusobod», «Ardus» va «Stroitel Zarafşon» klublarida töp surib, mamlakat çempioni bölgan.

Murabbiy sifatida «Maksam-Çirçiq»ni çempionat sovrindorlari qatoriga olib çiqqan. «Jizzax-Kenteks» bilan esa Özbekiston çempionligini qölga kiritgan. Federatsiya Ahmedov bilan milliy terma jamoani 2028-yilgi Osiyo çempionati yakuniga qadar boşqariş böyiça kelişuvga erişilganini bildirdi.

Avvalroq milliy futzal terma jamoasi boş murabbiyi soğliği bilan boğliq jiddiy muammolar sabab lavozimini tark etgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek