Dam oliş kunlari qayerlarda yomğir, qor yoğadi

31-oktabr va 1-noyabr kunlari Özbekistonning katta qismida yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Ayrim viloyatlarda esa yomğir yoğişi, baland toğlarda qor yoğişi mumkin. Bu haqda «Özgidromet» ma’lum qildi.
31-oktabr kuni Qaşqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarining ayrim hududlarida yomğir yoğişi kutilmoqda. Keçga tomon Toşkent viloyatining ayrim joylarida ham biroz yomğir yoğişi mumkin.
1-noyabrda Farğona vodiysida yomğir kutilmoqda
1-noyabr kuni keçasi va ertalab Farğona vodiysi viloyatlari hamda Toşkent viloyatining ayrim hududlarida biroz yomğir yoğadi. Baland toğli hududlarda yoğingarçilik qorga aylanişi mumkin.
Havo harorati keçalari asosan +5…+10 daraja, şimoliy hududlarda 0…+5 daraja böladi. Kunduz kuni esa harorat +17…+22 darajagaça kötariladi. Şamol şarqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi.
Toşkentda havo qanday böladi
Toşkent şahrida 31-oktabr kuni yoğingarçilik kutilmaydi.
1-noyabr kuni keçasi va ertalab biroz yomğir yoğişi mumkin. Havo harorati keçasi +8…+10 daraja, kunduz kuni esa +20…+22 daraja atrofida böladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq noyabr ob-havosi qanday bölişi haqida xabar berilgandi. Oy davomida iliq kunlar sovuq havo oqimlari bilan almaşib turişi, ayrim paytlarda yomğir qorga aylanişi mumkin.