Benzin zaxirasi 2,5 barobar köpaytirildi — Özbekneftgaz

Özbekistonda qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida neft bazalaridagi benzin zaxirasi ötgan yilning şu davriga nisbatan 2,5 barobar köpaytirildi. Bu haqda «Özbekneftgaz»ning 2026-yil töqqiz oylik faoliyati yakunlariga böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Unga köra, qöşimça zaxira sovuq mavsumda yoqilğiga bölgan talabni qoplaş va ta’minotda uzilişlarning oldini oliş uçun şakllantirilgan.
773,5 ming tonna benzin işlab çiqarildi

Joriy yil boşidan buyon «Özbekneftgaz» tomonidan transport va aholi ehtiyojlari uçun 773,5 ming tonna avtobenzin işlab çiqarilgan. Şuningdek, dizel yoтilğisi, aviakerosin va suyultirilgan gaz işlab çiqarish davom ettirilgan.
Neft bazalarida mahsulot sotiş, hisob-kitoblarni avtomatlaştiriş va boşqaruv tizimini yaxşilaş işlari ham olib borilgan. Natijada mazkur davrda 25 mlrd söm sof foyda bilan yakunlandi.
Şuningdek, öqing: Özbekistonda benzin işlab çiqariş 4,6 foizga oşdi
5 ta yangi kon oçildi
Kompaniya 9 oy içida geologiya-qidiruv işlari natijasida 5 ta yangi uglevodorod koni oçilganini ham ma’lum qildi. Şu davrda 114 ta quduq ta’mirlanib, buning hisobiga kunlik gaz qazib çiqarish qöşimça 4 mln kub metrga oşirilgan.
Ayni paytda Ustyurt hududidagi bir qator maydonlarda yangi gaz va kondensat zaxiralari örganilmoqda. Şuningdek, yangi konlarni aniqlash va çuqur qatlamlarni tadqiq qiliş işlari davom etmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Özbekiston uçun ta’minot manbalarini diversifikatsiya qiliş masalasini Grand Broker Trade kompaniyasi direktori (neft mahsulotlari birja bozori iştirokçisi) Malik Sahatqurbonov bilan tahlil qilgan edi.