Sun’iy intellekt çatbotlaridagi maxfiy yozişmalar internetga sizib çiqdi

Sun’iy intellekt xizmatlarini birlaştiruvçi 302.ai platformasida foydalanuvçilarning maxfiy yozişmalari va şaxsiy ma’lumotlari oçiq internetda qolib ketdi. Cybernews tadqiqotçilari aniqlagan ma’lumotlar orasida 144 mingdan ortiq çat yozuvlari bölgan. Bu haqda TechRadar xabar berdi.
144 mingdan ortiq çat yozuvi oçiq qolgan
Cybernews tadqiqotçilariga köra, Gonkongda joylaşgan Univerads Teçnology kompaniyasining 302.ai platformasi şifrlanmagan va parol bilan himoyalanmagan bulutli saqlaş tizimidan foydalangan. Unda jami 17,6 millionta fayl, umumiy hajmi 22,72 terabayt bölgan ma’lumot saqlangan.
Arxivning taxminan 500 gigabaytini foydalanuvçilarning çat yozuvlari taşkil etgan. Ularda foydalanuvçilarning sörovlari, sun’iy intellekt javoblari, foydalanilgan model, vaqt belgilari va boşqa texnik ma’lumotlar mavjud bölgan.
Ayrim yozuvlarda foydalanuvçilarning ismlari, tuğilgan sanalari, jinsi, manzillari va aloqa ma’lumotlari ham uçragan. Platformadan korporativ vazifalar uçun foydalangan ayrim kompaniyalarning maxfiy ma’lumotlari ham oçiq qolgan.
Ma’lumotlar öğirlanganmi
Cybernews ma’lumotlar sizib çiqişini 2026-yil avgust boşida aniqlagan va kompaniyaga murojaat qilgan. Taxminan bir oy ötib, oçiq ma’lumotlar ombori himoyalangan.
Biroq ma’lumotlarga begona şaxslar kirgani, ularni nusxalab olgani yoki internetning boşqa joylarida tarqatgani haqida aniq dalillar keltirilmagan. Kompaniya tadqiqotçilarning murojaatiga oçiq javob bermagan.
Nega bu xavfli
Oçiq qolgan yozişmalar firibgarlar uçun foydali bölişi mumkin. Masalan, ular suhbatlardagi şaxsiy yoki işga oid ma’lumotlardan foydalanib, işonarli soxta xatlar tayyorlaşi, kompaniya xodimlarini aldaşi yoki moliyaviy firibgarliklarni amalga oşirişga urinişi mumkin.
302.ai bir neçta sun’iy intellekt modelidan bitta platforma orqali foydalaniş imkonini beruvçi xizmat hisoblanadi. Şu sababli mazkur hodisa faqat bitta çatbotdan foydalaniş bilan çeklanmay, uçinçi tomon AI xizmatlariga maxfiy ma’lumotlarni kiritiş xavfini ham körsatadi.
Avvalroq SAFE Service ijtimoiy tarmoqlarda SafeRoad ilovasi foydalanuvçilarining şaxsiy ma’lumotlari sizib çiqqani va oçiq savdoga qöyilgani haqidagi xabarlarni rad etgandi.