
Setanta Sports Extra podkasti ekspertlari «Mançester Siti» himoyaçisi Abduqodir Husanov uçun markaziy himoyada asosiy tarkibdan imkon beriş kerak, degan fikrni bildirdi. Ularning baholaşiça, raqobatçisi Mark Guehi sönggi uçraşuvlarda bir neça bor xatoga yöl qöygani Husanov uçun tarkibdagi örnini mustahkamlaş imkonini yaratişi mumkin.
Podkast mualliflari «Aston Villa»ga qarşi bahsdan söng Husanovning öyinini alohida tahlil qildi. Ularning fikriça, özbekistonlik himoyaçi ikkinçi bölimda markazga ötgaç, «Siti» himoyasi ança işonçli körina boşlagan.
Guehining xatolari Husanovga imkoniyat oçişi mumkin
Ekspertlar Mark Guehi «Ipswiç», PSJ va «Aston Villa»ga qarşi uçraşuvlarda ketma-ket xatolarga yöl qöyganini ta’kidladi. Ularning fikriça, bu endi tasodifiy holat emas, balki tendensiyaga aylanmoqda. Şu sabab murabbiylar Husanovga bir neça uçraşuv davomida markaziy himoyada imkon berişi va u özini körsatsa, Guehi bilan raqobatda ustunlikka erişişi mumkinligi aytildi.
«Husanov markaziy himoyada asosiy tarkibda bir neça öyin ötkazişga loyiq», — degan fikr bildirildi podkastda.
«Aston Villa»ning ikkinçi golida Husanovga ham savollar bor
Şu bilan birga, ekspertlar Husanovning öyinida bahsli epizod ham bölganini qayd etdi. «Aston Villa» ikkinçi golini urgan vaziyatda Husanov himoya çiziğidan oldinga çiqib, Nikolas Jeksonga qarşi harakat qilgan, biroq uni töxtata olmagan va uzatma berişiga ham xalaqit qilmagan. Podkast mualliflari bu vaziyatda özbekistonlik futbolçiga nisbatan ayrim savollar borligini tan oldi.
Biroq ekspertlardan biri bu epizodni faqat Husanovning şaxsiy xatosi sifatida baholaş qiyinligini aytdi. Uning fikriça, himoyaçining oldinga keskin çiqişi murabbiy Enzo Mareskaning taktik talabi bölişi ham mumkin. Şu sabab murabbiy ştabi bu vaziyatni boşqaça baholaşi ehtimoldan xoli emas.
Husanov yangi taktik rolda sinab körilmoqda
«Aston Villa»ga qarşi uçraşuvning birinçi bölimida Husanov nominal ravişda öng qanot himoyaçisi sifatida maydonga tuşgan.
Töpsiz vaziyatlarda u öng qanotda harakat qilgan bölsa, «Siti» töpni nazorat qilgan paytlarda muntazam ravişda maydon markaziga siljigan. Avvalroq bunday vazifani köproq Yoşko Gvardiol yoki Niko ÖRayli bajargan.
Ekspertlar bu rol Husanovning odatiy kuçli tomonlariga töliq mos kelmasligini ta’kidladi. Çunki markazga kiradigan qanot himoyaçisidan töp bilan işlaş va hujum qurilişida faol qatnaşiş talab etiladi.
Şunga qaramay, Husanov maydonni yaxşi his qilsa, uzatma yöllarini oçib beriş va oddiy paslar orqali bu rolni ham bajarişi mumkinligi qayd etildi.
Eng qulay pozitsiya — markaziy himoya
Podkast mualliflari «Mançester Siti» uçun eng maqbul variantlardan biri Husanovni Ruben Dias bilan markaziy himoyada juftlikda qöllaş bölişi mumkinligini muhokama qildi.
Ularning fikriça, Riko Lyuis yoki Mateus Nunes kabi futbolçilar qanotdan markazga kirib, hujum qurilişida qatnaşişga köproq mos. Husanov esa özining tabiiy pozitsiyasi — markaziy himoyada samaraliroq körinişi mumkin.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Husanovning «Aston Villa»ga qarşi öyini qanday baholangani haqida yozgan edi.