Birjada oltin savdosi 2,4 baravar oşdi. Bunga nima sabab böldi

2026-yilning yanvar – sentabr oylarida Özbekiston respublika tovar-xom aşyo birjasi (ÖzRTXB) orqali oltin savdosi ötgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 baravar oşib, 8,8 tonnaga yetdi. Bu haqda 30-oktabr kuni birjaning töqqiz oylik faoliyati yakunlariga bağişlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Oltin va kumuş savdosi qança oşdi?
Birja ma’lumotlariga köra, 2025-yilning dastlabki töqqiz oyida ÖzRTXB orqali 3,73 tonna oltin sotilgan bölsa, 2026-yilning şu davrida körsatkiç 8,84 tonnaga yetdi. Bu 136,8 foizlik ösişni anglatadi.
Kumuş savdosi ham sezilarli darajada oşgan. Xususan, 2025-yilning yanvar – sentabr oylarida 0,28 tonna kumuş sotilgan bölsa, joriy yilning mos davrida bu körsatkiç 0,63 tonnani taşkil etdi. Ösiş 125,2 foizga teng böldi.
Umuman, birja orqali sotilgan qimmatbaho metallar hajmi 4,01 tonnadan 9,47 tonnaga yetdi. Bu ötgan yilga nisbatan 136 foizga köp.
2026-yilning dastlabki töqqiz oyida bir gramm oltinning örtacha tortilgan birja narxi 1,64 mln sömni taşkil etdi. Bu 2025-yil sentabr oyi oxiridagi 1,50 mln sömlik örtacha haftalik kotirovkadan 8,8 foizga yuqori.
Oltin savdosi nega keskin oşdi?
Kursiv Uzbekistan muxbirining oltin savdosi hajmi nima hisobiga bunday tez ösayotgani haqidagi savoliga ÖzRTXB boş makleri Islombek Ibrogimov javob berdi.
Uning sözlariga köra, ösişning asosiy sabablaridan biri mamlakatda zargarlik sanoatining rivojlanişi va yirik işlab çiqariş korxonalari sonining köpayişidir.
«Oltin 2019-yildan beri birja orqali sotib kelinmoqda. Ilgari zargarlik bilan bir-ikki yoki üç-tört işçisi bölgan kiçik korxonalar şuğullangan bölsa, hozir zavodlar köpaymoqda. Bugungi kunda zargarlik işlab çiqarişini sanoat darajasiga olib çiqdik», — dedi Ibrogimov.
Boş maklerning ta’kidlaşiça, hozirda birja orqali sotilayotgan oltinning taxminan 90 foizini zargarlik sanoati korxonalari xarid qilmoqda.
«Bugungi kunda oltinning 90 foizini zargarlik sanoati korxonalari olyapti. Ular katta miqdorda oltin xarid qilib, katta hajmda zargarlik mahsulotlarini işlab çiqaryapti. Hozir zavodlar köpaymoqda, ularning hissasi juda katta», — deya tuşuntirdi u.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yilning yanvar – sentabr oylarida Özbekistonda zargarlik sanoatida işlab çiqariş 51,9 foizga oşgani haqida xabar bergan edi.