BAA prezidenti Flydubai ekipajini qutqargan kapitanni taqdirladi

eʼlon qilindi
Ekipaj a’zolari Zoid II ordenining birinçi darajasi bilan taqdirlandi
Foto: Khaleej Times

Birlaşgan Arab Amirliklari prezidenti Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon 30-sentabr kuni FZ1073 reysida yuz bergan hodisa vaqtida yölovçilar xavfsizligini ta’minlaşga hissa qöşgan Flydubai ekipajini orden bilan taqdirladi. Mukofot ekipaj a’zolarining jasorati va mas’uliyati uçun berildi. Bu haqda Khaleej Times xabar berdi.

Ekipajga Zoid II ordeni topşirildi

Ekipaj a’zolari Zoid II ordenining birinçi darajasi bilan taqdirlandi. Uşbu mukofot odatda BAA bilan aloqalarni mustahkamlaş va davlat xizmatiga qöşgan hissasi uçun xorijiy elçilar, diplomatlar hamda yuqori martabali şaxslarga beriladi.

Mukofotlarni Dubay valiahd şahzodasi, BAA boş vazirining örinbosari va mudofaa vaziri Şayx Hamdan bin Muhammad bin Raşid Ol Mahtum tantanali marosimda topşirdi. U ekipajning yölovçilar hayotini himoya qiliş yölida körsatgan jasoratini e’tirof etdi.

BAA prezidentining diplomatik maslahatçisi Anvar Gargaş ham ekipajni olqişlab, mukofot inson hayotini asraş eng oliy burç ekanini yana bir bor namoyon etişini ta’kidladi.

Samolyotda nima bölgan edi

FZ1073 reysi 30-sentabr kuni Dubaydan Tel-Avivga uçayotgan paytda Saudiya Arabistoniga yönaltirilgan. BAA prokuraturasi 9-oktabr kuni 29 yoşli ikkinçi uçuvçi samolyotni olib qoçiş va Ben-Gurion aeroportidagi yölovçi terminaliga urib yuborişni rejalaştirganini ma’lum qilgan.

Tergov ma’lumotlariga köra, gumonlanuvçi Tel-Avivga avvalgi ikki safaridan parvoz yönalişi va aeroport bilan tanişiş uçun foydalangan. Uçinçi safarida esa hujumni amalga oşirişga uringan.

BAA rasmiylari 3-oktabr kuni ikkinçi uçuvçi parvoz vaqtida kabinada uçuvçiga bolta bilan hujum qilgani va samolyot boşqaruvini egallaşga uringanini bildirgan. Kapitan Smit Maççhar ekipaj va yölovçilar hayotini saqlab qolişdagi harakatlari uçun xalqaro miqyosda e’tirof etilgan. Şayx Hamdan 3-oktabr kuni jarohatlangan kapitanni şifoxonada ham borib körgan edi.

Avvalroq Isroil Flydubai’ning Dubaydan Tel-Avivga uçayotgan FZ1073 reysi bortidagi uçuvçiga hujumdan söng samolyotni urib tuşiriş ehtimoliga tayyorlangani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek