Tadbirkorlar radarlariga xavfsizlik kamarini qayd etişga ruxsat beriladi

eʼlon qilindi
Haydovçining yuzi aniq körinişi kerak
Tadbirkorlar radarlariga xavfsizlik kamarini qayd etişga ruxsat beriladi
Foto: iStock

Özbekistonda tadbirkorlar örnatgan avtomatik foto va video qayd etiş tizimlariga haydovçilarning xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik holatlarini aniqlaşga ruxsat beriladi. Yangi tartib 2026-yil 1-noyabrdan kuçga kiradi.

Radarlar xavfsizlik kamarini ham tekşiradi

Qarorga köra, tadbirkorlar tomonidan örnatilgan yöl harakati qoidabuzarliklarini avtomatik qayd etuvçi maxsus foto va video tizimlar endi haydovçining transport vositasini boşqariş yoki yölovçi taşiş vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalaniş qoidalariga rioya etmaganini ham aniqlaşi mumkin böladi.

Buning uçun tizimlar belgilangan umumiy texnik talablarga javob berişi kerak.

Haydovçining yuzi aniq körinişi kerak

Xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik holatini qayd etişda olingan fotosuratlarda haydovçining yuzi, şuningdek, u xavfsizlik kamaridan foydalangan yoki foydalanmaganligi yuqori sifatda aniq aks etişi şart.

Tizim qoidabuzarlik haqidagi ma’lumotlarni «Ma’muriy amaliyot» moduliga avtomatik tarzda yuborişi kerak.

Qaysi ma’lumotlar avtomatik uzatiladi

Tizim orqali metrologik qiyoslaş guvohnomasining raqami va amal qiliş muddati, qoidabuzarlik qayd etilgan sana va vaqt hamda uning aniq koordinatalari yuboriladi.

Şuningdek, avtomatik qayd etiş vositalari elektr tarmoğida uziliş yuz berganda kamida 8 soat işlaş imkonini beruvçi zaxira elektr manbai bilan jihozlangan bölişi talab etiladi.

Amaldagi tartibga özgartiriş kiritildi

Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-apreldagi 232-son qaroriga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Şu tariqa, 1-noyabrdan boşlab tadbirkorlar örnatgan va belgilangan texnik talablarga javob beradigan kameralar xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik holatlarini ham avtomatik qayd eta oladi.

Eslatib ötamiz, «Kursiv» jarima ballari 12 tadan oşgan 49 nafar haydovçi sudga çiqarilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek