Hormuzning yopilişi qançaga tuşdi

eʼlon qilindi
Dunyo aholisi jon boşiga örtaça 60 dollardan töğri keladi
Oqlanmagan kelishuv: Hormuz bo‘g‘ozi qayta ochiladimi
Foto: Venti Views / unsplash

Yaqin Şarqdagi mojaro va neft ta’minotidagi uzilişlar sabab 169 mamlakat iste’molçilari 2026-yil mart oyidan oktabr örtalarigaça benzin va dizel uçun qöşimça 468 mlrd dollar sarfladi. Bu dunyo aholisi jon boşiga örtaça 60 dollardan töğri keladi. Bu haqda Reuters Energiya va toza havo tadqiqotlari markazi (CREA) tahliliga tayanib xabar berdi.

Eng katta qöşimça xarajat AQŞ iste’molçilariga töğri keldi

CREA hisob-kitoblariga köra, yoqilği narxlari oşişi oqibatida AQŞ iste’molçilari jami 160 mlrd dollar, Xitoy iste’molçilari 54 mlrd dollar, Kanada aholisi esa 17 mlrd dollar qöşimça xarajat qilgan.

AQŞda bir kişi hisobiga qöşimça xarajat örtaça 471 dollarni taşkil etgan. Bu global örtaça körsatkiçdan qariyb sakkiz baravar yuqori.
Tadqiqot mualliflari buni amerikaliklarning şaxsiy avtomobillarga köproq tayanişi, uzoq masofalarga qatnaşi va elektromobillarga ötiş jarayoni nisbatan sekin keçayotgani bilan izohlagan.

Hormuz böğozidagi uzilişlar narxlarga ta’sir qildi

Tahlilda 169 mamlakatdagi yoqilği narxlari va iste’moli örganilgan. Hisob-kitob uçun 2026-yil yanvar va fevral oylaridagi narxlar yilning keyingi davridagi körsatkiçlar bilan taqqoslangan.

Reuters ma’lumotiga köra, AQŞ va Isroilning Eronga qarşi hujumlari hamda Hormuz böğozidagi kemalar qatnovining keskin çeklanişi energiya ta’minotidagi uzilişlarni kuçaytirgan. Bu esa jahon bozorida yoqilği narxlarining kötarilişiga olib kelgan.

CREA – qazilma yoqilğidan foydalanişni kamaytirişni qöllab-quvvatlovçi Finlyandiyada joylaşgan notijorat tadqiqot taşkiloti.

Avvalroq Yamandagi husiylar Saudiya Arabistonining Şarq – Ğarb neft quvuri nasos stansiyalari hamda Ar-Riyoddagi Qirol Xolid xalqaro aeroportiga hujum qilganini ma’lum qilgandi.

Shuningdek